Desham Franciya termasida qolishga tayyor

Sherzod Nurmatov
20 dec 2022
Mutaxassis jamoa bilan ishlashda davom etishi mumkin.

Franciya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham jamoa bilan hamkorlikni davom ettirishga shay. Bu haqda "L'Equipe" nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, mutaxassis JCH-2026gacha shartnoma taklif qilishsa, qoladi. Yanvar oyida u Franciya futbol federaciyasi prezidenti Noel Le Gre bilan kelajagini muhokama qiladi.

Le Gre ham, Franciya prezidenti Emmanuel Makron ham Deshamning terma jamoada qolishini istaydi. "Uch ranglilar" 2018 yil uning qo'l ostida jahon chempioni bo'lishdi va JCH-2022 finaliga qadar etib borib, Argentinaga penaltilar seriyasiga ko'ra mag'lub bo'lishdi.

Sherzod NurmatovMaqola muallifi
Muqova: L'Equipe

Izohlar

Baki79
20 dec 2022
Дешам натижа курсатиш буйича тенгсиз.
jamish
20 dec 2022
Тренерда гап йўқ, қолса зўр бўларди. Қанча зўр ўйинчила жароҳат олиб Францияга ёрдам беролмади. Шунда ҳам финалгача бориб ажойиб ўйин намойиш этди Дешам жамоаси.
Murodjon Muhtorov
20 dec 2022
Deshamni boshqa komandada ham sinab ko'rish kerak o'shanda bilinadi kuchliligi
Ozod
20 dec 2022
Top murabbiylar ham ikki xil boʻlishadi, yaʼni terma jamoa va klub murabbiylari. Desham terma jamoa top murabbiylari turiga kiradi. Termani boshqarish nisbatan qiyinroq ham. Sababi jamoa bilan individual ishlash uchun vaqt kam boʻladi. Shu uchun tezkor qaror chiqarish, taktikani qisqa muddat ichida tuzish, oʻyin vaqtida ham jamoaga taʼsir oʻtkazish murabbiy darajasini belgilab beradi.