ECHL 1/8 final bosqichiga qura tashlandi: "Real" "Atletiko" bilan, "Liverpul" PSJ bilan o'ynaydi!

Sherzod Nurmatov
21 feb 2025
Shveycariyaning Non shahrida Chempionlar Ligasining 1/8 final bosqichiga qura tashlash marosimi o'tkazildi.

Ushbu haftada yana 8 ta pley-off ishtirokchisi aniqlandi. Ular yo'llanmani qo'lga kiritish uchun o'tish o'yinida ishtirok etdi. Endilikda 16 ta jamoa asosiy bosqich turnir jadvalidagi o'rnidan kelib chiqqan holda, ikkita ehtimoliy raqibdan biri bilan o'ynaydi. 

Qurani doimgidek UEFA bosh kotibi o'rinbosari Jorjio Marketti olib bordi. 

Biz qura natijalari, shuningdek, finalgacha bo'lgan musobaqa to'rini bilib oldik. 

1/8 final juftliklari:

1) "Bryugge" – "Aston Villa"

2) "Borussiya D" –  "Lill"

3) "Real" – "Atletiko"

4) "Bavariya" – "Bayer"

5) PSV – "Arsenal"

6) "Feyenoord" – "Inter"

7) PSJ – "Liverpul"

8) "Benfika" – "Barselona"

Musobaqa to'ri

Ushbu bosqichining dastlabki o'yinlari 4-5 mart kunlari, javob o'yinlari esa 11-12 mart kunlari bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.


Sherzod NurmatovMaqola muallifi
Qopqoq: Championat.asia

Izohlar

Azimovv
21 feb
Jalla Chap tomon yevropa ligasimi Nima balo. Xuyna kamandalar bir tomonga tushibdi
Madridist Real Blancos
21 feb
Real xar doimgidek qiyin tarafda
Dostonbek Anvarov
21 feb
Ма Сукааа дибдию а Барсага ПСЖ ни кутодим тогриси
Реал Мадрид СR7
21 feb
Доимгидек Реал кийин тарафда. Сити, Атлетико, Арсенал, Псж, Ливерпул. Нариги тарафда 3та гигант клуб бор холос
Vodiysoft
21 feb
Dushmanini oʻldirma, uylantirb qoʻy oʻzi oʻlib ketadi. xV