ECHL. "Milan derbisi"ning ilk bahsida "ko'k-qoralar"ning qo'li baland keldi

Og'abek Samisov
11 may 2023
Evropa Chempionlar Ligasi yarim finaldan o'rin olgan "Milan derbisi" yakunlandi.

ECHL. "Milan" – "Inter" 0:2

Gollar: Edin Jeko (Xakan Chalxanoglu) 8', Genrix Mxitaryan (Federiko Dimarko) 11'

"Milan": 16. Mayk Menyan, 2. Davide Kalabriya (20. Per Kalulu 82'), 24. Simon Ker (28. Malik Tyau 59'), 23. Fikayo Tomori, 19. Teo Ernandes, 33. Rade Krunich, 8. Sandro Tonali, 10. Braim Dias (32. Tommazo Pobega 82'), 4. Ismael Bennaser (30. Junior Messias 18'), 56. Aleksis Salemakers (27. Divok Origi 60'), 9. Olive Jiru.

Zaxira: 83. Antonio Mirante, 92. Lapo Nava, 5. Fode Ballo-Ture, 12. Ante Rebich, 46. Matteo Gabbia, 90. Sharl de Ketelare.

"Inter": 24. Andre Onana, 36. Matteo Darmian, 15. Franchesko Acherbi, 95. Alessandro Bastoni, 2. Denzel Dyumfris, 23. Nikolo Barella, 20. Xakan Chalxanoglu (5. Roberto Galyardini 78'), 22. Genrix Mxitaryan (77. Marselo Brozovich 62'), 32. Federiko Dimarko (6. Stefan de Vrey 70'), 9. Edin Jeko (90. Romelu Lukaku 70'), 10. Lautaro Martines (11. Xoakin Korrea 78').

Zaxira: 1. Samir Xandanovich, 21. Aleks Kordaz, 8. Robin Gosens, 12. Raul Bellanova, 14. Kristyan Aslani, 33. Danilo D'Ambrozio, 46. Mattia Zanotti.

Ogohlantirishlar: Rade Krunich 45+1', Genrix Mxitaryan 45+1', Fikayo Tomori 64'


90+4. O'yin yakunlandi!

90+2. Pobeganing uzoq masofadan yo'llagan zarbasini Onana ushlab oldi.

90. O'yinning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi.

85. Teoning jarima zarbasidan tepgan to'pi noaniq bo'ldi.

81. Messiasning zarbasi rekoshetga uchrab Onananing qo'liga kelib tushdi.

75. O'yin tempi biroz tushgandek. Futbolchilarda ham charchoq ko'rinmoqda.

66. "Milan" ustunlikni to'liq o'z qo'liga olib bo'ldi. Ketma-ket hujumlar hozircha natija bermayapti.

63. ZARBA! Tonalining ajoyib zarbasi darvoza ustuniga tegib maydonni tark etdi!

56. Tonalining uzoq masofadan yo'llagan zarbasi noaniq bo'ldi.

53. Jeko darvozabon bilan deyarli birga-bir chiqdi va zarba berdi, Menyan jamoasini muqarrar goldan asrab qoldi.

51. Messias o'ziga uzatilgan to'p bilan oldinga yurish qilib darvozaga zarba berdi, biroq noaniq bo'ldi...

49. Braim Diasning zarbasi birozgina noaniq bo'ldi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

45+4. Birinchi bo'lim yakulandi!

45. Birinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi. 

45. Salemakers bir necha futbolchidan o'tib "Inter" jarima maydonchasiga yorib kirdi, biroq hujumni yakunlay olmadi.

40. "Milan" faollikni oshirdi, biroq hozircha ular xavfli tus olmayapti.

34. Lautaro o'ziga kelgan to'pni darvozaga yo'lladi, biroz noaniq bo'ldi.

33. YO'Q! "Milan" darvozasi tomon belgilangan penalti bekor qilindi!

32. Holat VAR orqali ko'rib chiqilmoqda.

31. Penalti! "Milan" darvozasi tomon!

30. Kalabriya o'ziga uzatib berilgan to'pni g'ayrioddiy tarzda darvozaga yo'lladi, biroq to'p darvozaga aniq bormadi.

22. "Milan" maydonda ko'rinmayapti. Ko'rganlar bo'lsa aytish kerak, "San Siro"da o'yin bo'lyapti.

16. "Inter"dan ketma-ket hujumlar: Chalxanogluning zarbasi darvoza ustuniga tegdi, hujum davom etdi, Mxitaryanning yana bir zarbasini esa Menyan ushlab oldi.

Dimarkoning chap qanotdan uzatgan to'pini Mxitaryan darvozaga yo'lladi va ajoyib gol muallifiga aylandi!

11. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Mxitaryan hisobni ikkitaga oshirdi!

10. O'yinda tezkor gol bo'lgani quvonarli, bahs yanada qiziydi.

Burchakdan uzatilgan to'pni Edin Jeko darvozaga yo'lladi va gol urdi. Bu vaziyatda "Milan" himoyachilari shunchaki og'izlarini ochib qarab turishdi!

8. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Jeko uchrashuvda hisobni ochdi!

5. Bahsning ilk daqiqalarida xavfli vaziyat kuzatilmadi, hozircha jamoalar to'p nazoratini navbati bilan o'zlarida saqlab turishibdi.

1. O'yin boshlandi!

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi.

- Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 00:00 da boshlanadi. 


Og'abek SamisovMaqola muallifi
Muqova: championat.asia

Izohlar

A.Qosimov AC Milan
11 may 2023
Tomori ko'p dovdirab qolyabdi
FREND UZBEKISTAN
11 may 2023
Ikkala jamoada ham yevrolani garandlari shirasini olib kerak bo'lmay qolgan qariya yulduzlar ko'p.
Арсенал 14
11 may 2023
Kechagi Agmk-Qizilqum o'yinini tezlashtirilgan varianti Inter-Milan o'yini. Ikkala jamoaga ham omad, kuchlisi g'alaba qozonsin
Milanooo
11 may 2023
Leao orqasidan Benacer ham ketti… ozi shunaqa bir kesa qoshaloqlashib keladi!!! Ikkinchi taym togrilashmasa! Uje javob oyinni keragi yo!
Арсенал 14
11 may 2023
Shevchenko, Maldini, Zanettilar, exx, yoshlikni eslatvordi