Eshitdik-da! "Navbahor"ga ikki braziliyalik himoyachi kelmoqda

Narzulla Saydullayev
24 dec 2024
Namanganning "Navbahor" klubi qishki transfer oynasidagi faoliyatini davom ettirmoqda.

Championat.asia sayti malumotiga ko'ra, "lochinlar" safiga tez orada ikki nafar braziliyalik himoyachi qo'shiladi.

Ulardan biri faoliyati davomida "Gremio", "Ponte Preta", "Shapekoense", "Juventude" kabi mashhur klublarda to'p tepgan 25 yoshli chap qanot himoyachisi Gilerme Gedesh. Uning so'nggi klubi "Amerika RN" jamoasi bo'ldi.



Ikkinchi braziliyalik futbolchi 25 yoshli markaziy himoyachi Igor Gabriel. U faoliyati davomida "Fluminense", "Sabah" (Ozarbayjon), "Dinamo Minsk" (Belarus), "Lvov" (Ukraina) va "Xaybernian" (Malta) klublarida o'ynagan.



Narzulla SaydullayevMaqola muallifi
Qopqoq: championat.asia

Izohlar

MX
24 dec 2024
Yaqshi yarim himoyachi bilan yaqshi hujumchi olishi kerak himoyachilarni keragi yoq super liga gollar festivali boladigan chempionat emas
✯┄┅┅✿❀Roʻzimuhammad❀✿┅┅┄✯
24 dec 2024
Avval aytganimdek Vandeyk Militao Saliba Ryudiger Vahokazo Himoyachilardi opkelami Boshqami Navbahor ligada Chempion bo'medi 2 yokida 3 oladi holos 1-Baribir vodiyga berilmedi shuni tushunilar
Achchiq bo'lsayam haqiqat yaxshi
24 dec 2024
Шу ёшида шунча жамоани кщриб қўйган футболчи жуда зўр бўлмайди одатда
Zlatan
24 dec 2024
Har yili klub almashtirgan ekan. Bunaqalar odatda pul yuvish uchun olinadi. Har yili uyodan buyoqqa ko'chib yurishadi
Бахтиёр Ашуров
24 dec 2024
Айни футбол ўйнайдиган ёшида экан!