Evropa Ligasi 1/8 finaliga qura tashlandi: "Roma" "Atletik" bilan, MYU "Real Sosedad" bilan ro'baro' keladi

Sherzod Nurmatov
21 feb 2025
Shveycariyaning Non shahrida UEFA Evropa Ligasining 2024/2025 yilgi mavsumi 1/8 final bosqichiga qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi.

Turnir asosiy bosqichining eng yaxshi 8 ta klubi va 1/16 final bosqichining 8 ta g'olibi musobaqaning pley-off bosqichida navbatdagi raqiblarini bilib oldi.

1/8 final juftliklari: 

"Budyo-Glimt" (Norvegiya) – "Olimpiakos" (Greciya)

"Fenerbaxche" (Turkiya) – "Reynjers" (Shotlandiya)

"Ayaks" (Niderlandiya) – "Ayntraxt" Frankfurt (Germaniya)

FKSB (Ruminiya) – "Lion" (Franciya)

AZ Alkmaar (Niderlandiya) – "Tottenxem" (Angliya)

"Real Sosedad" (Ispaniya) – "Manchester Yunayted" (Angliya)

"Viktoriya" Plzen (Chexiya) – "Lacio" (Italiya)

"Roma" (Italiya) – "Atletik" Bilbao (Ispaniya)

1/8 final o'yinlari 6 va 13 mart kunlari, chorak final o'yinlari 10 va 17 aprel kunlari, yarim final o'yinlari 1 va 8 may kunlari bo'lib o'tishi rejalashtirilgan. Final 21 may kuni Ispaniyaning Bilbao shahridagi “San-Mames” stadionida o'tkaziladi.


Sherzod NurmatovMaqola muallifi
Qopqoq: Championat.asia

Izohlar

Davronov_Rahimjon_023
21 feb
Шунчаки таҳмин: Тоттенхэм, Аякс, Лацио, Олимпиакос, Рома, Фенербахче, Лион, Манчестер Юнайтед шу жамоалар кейинги босқичга ўтса кере. Бу шунчаки таҳмин. Сюрпризлар хар доим бўлган.
fff
21 feb
Real sosedadmi?
Fc Milan20
21 feb
Menimcha Manchester Yunayted, Tottenxem o'ligini tashlab o'ynasa kerak bu turnirda. Chempionlar ligasiga yo'llanma olish uchun oxirgi umid sifatida. Roma ham borini beradi Yevropa ligasida. Yarim finalda Tottenxem-Latsio, Roma-Manchester Yunayted
barselona7
21 feb
Турнирда испан жамоалари ҳам бор.
mirabzal
21 feb
Атлетик романи кийналмасдан юутади