Evropa ligasi. Bugun 2-tur o'yinlari bo'lib o'tadi

Narzulla Saydullayev
28 sep 2017
Bugun Evropada katta futbol davom ettiriladi.

Chempionlar ligasidan keyin Evropa ligasi musobaqasi ishtirokchilari 2-tur uchrashuvini o'tkazishadi.

"Milan" bu turni o'z uyida Xorvatiyaning "Rieka" klubiga qarshi o'tkazadi. Vitaliy Denisov o'ynayotgan "Lokomotiv" klubi Moskvada Chexiyaning "Zlin" klubi bilan o'ynaydi.

Londonning "Arsenal" klubi Borisovning BATE klubi mehmoni bo'ladi. Italiyaning "Lacio" klubi o'z maydonida Belgiyaning "Zyulte-Varegem" klubi bilan o'ynaydi.

Sankt-Peterburgda o'tuvchi "Zenit" - "Real Sosedad" uchrashuvi turning eng qiziqarli bahslaridan biri bo'ladi.

Quyida barcha o'yinlarning boshlanish soatlari Toshkent vaqti bilan berilgan:

"A" guruhi
21:00 Astana (Qozog'iston) - Slaviya (Chexiya)
00:05 Makkabi (T-A, Isroil) - Vilyarreal (Ispaniya)

"B" guruhi
00:05 Skenderbeu (Albaniya) - Yang Boyz (Shveycariya)
00:05 Partizan (Serbiya) - Dinamo (K, Ukraina)

"C" guruhi
00:05 Braga (Portugaliya) - Istanbul BB (Turkiya)
00:05 Ludogorec (Bolgariya) - Xoffenxaym (Germaniya)

"D" guruhi
00:05 Milan (Italiya) - Rieka (Xorvatiya)
00:05 AEK (Greciya) - Austriya (Avstriya)

"E" guruhi
00:05 Lion (Franciya) - Atalanta (Italiya)
00:05 Everton (Angliya) - Apollon (Kipr)

"F" guruhi

00:05 Lokomotiv (Rossiya) - Zlin (Chexiya)
00:05 Sherif (Moldova) - Kopengagen (Daniya)

"G" guruhi

22:00 Viktoriya (Chexiya) - Xapoel (B-SH, Isroil)
22:00 Lugano (Shveycariya) - Styaua (Rumyniya)

"H" guruhi
22:00 BATE (Belarus) - Arsenal (Angliya)
22:00 Keln (Germaniya) - Crvena Zvezda (Serbiya)

"I" guruhi
22:00 Konyaspor (Turkiya) - Gimaraynsh (Portugaliya)
22:00 Zalcburg (Avstriya) - Marsel (Franciya)

"J" guruhi
22:00 Atletik (Ispaniya) - Zarya (Ukraina)
22:00 Estersund (Shveciya) - Gerta (Germaniya)

"K" guruhi

22:00 Nicca (Franciya) - Vitess (Gollandiya)
22:00 Lacio (Italiya) - Zyulte-Varegem (Belgiya)

"L" guruhi

22:00 Zenit (Rossiya) - Real Sosedad (Ispaniya)
22:00 Rusenborg (Norvegiya) - Vardar (Makedoniya)


Narzulla SaydullayevMaqola muallifi
Muqova: championat.asia

Izohlar

Eldor Nishanov
28 sep 2017
everton milanga omad + arsenalga xam
ЮВЕНТУС (ТУРИН)
28 sep 2017
Италия клубларига Милан. Лацио. Аталантага омад!
Футбол сайти
28 sep 2017
Локоматив, Зенит, Эвертон ва севимли жамоамиз Арсеналларга омад тилаймиз! БАТЭ - Арсенал уйинини бугун соат 22:00 да Футбол канали оркали жонли куришимиз мумкин экан.