Evropa ligasi. "Manchester Yunayted" 90+1-daqiqada mag'lubiyatdan qutulib qoldi, "qirol" Maguayr qahramon!

Mirjalol Normatov
4 oct 2024
Evropa ligasining 2-turi doirasidagi "Portu" - "Manchester Yunayted" bahsi matnli translyaciyasini kuzatib boring.

Portu Portugaliya – Manchester Yunayted Angliya 3:3

3 oktyabr, 23:59 | "Eshtadiu do Dragau"

Gollar: Reshford (7), Xeylund (20), Pepe Akino (27), Omorodion (34, 50), Maguayr (90+1).

Portu – Diogu Koshta, Moura, Peres, Ze Pedru, Joau Mariu (Gyul, 78), Niko Gonsales, Varela, Eushtakiu (Fabiu Vieyra, 78), Galeno, Omorodion (Gruyich, 78), Pepe Akino (Martim, 63).

Manchester Yunayted – Onana, Diogu Dalot, Martines (Maguayr, 78), de Ligt (Evans, 79), Mazraui, Eriksen, Kazemiro, Brunu Fernandesh, Reshford (Garnacho, 46), Diallo (Antoni, 69), Xeylund (Zirkze, 68).

Ogohlantirish: Omorodion (31), Brunu Fernandesh (32).

Chetlatish: Brunu Fernandesh (81).

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi! Maguayr "Manchester Yunayted"ni mag'lubiyatdan qutqarib qoldi!

90+1. GOOOOOOOOOOLLLL!! Maguayr hisobni tenglashtirdi! Burchakdan uzatilgan to'pni "soyada qolayotgan qirol" darvozaga kiritdi!

O'yinga 5 daqiqa qo'shildi.

88. ZARBAAAAA!! Ichkariga kira olmayotgan MYU uzoqdan zarba yo'llashga o'tdi. Garnachoning zarbasidan keyin Koshta jamoasini qutqardi.

83. UXXXXXX! "Portu" o'yinni hal qilishi mumkin edi. Onanadan "big save"!

O'yin zerikarli bo'lib ketganidan keyin Brunu o'rtani yondirib bermoqchi bo'ldi va mana ketma-ket ikkinchi o'yinda maydondan chetlatildi)

70. Brununing zarbasi noaniq ketdi. Vaqt o'tmoqda, umid qilamizki, ten Xagning ham MYUdagi vaqti tugamoqda...

68. Ten Xag yana ikki futbolchini maydonga tashladi: Antoni va Zirkzi.

65. ZARBAAAAAAA!! Omorodionning xet-trikka erishishiga Onana yo'l qo'ymadi (hozircha).

62. Mazrauining zarbasi kutilmaganda aniq ko'rinish oldi va Koshta ham bunday bo'lishini kutmagandi. U zarbani amallab qaytardi. Qaytgan to'pga Garnacho zarba yo'lladi. Noaniq.

Xo'o'o'o'shshshsh, Erik tenTagning ketishi uchun jamoa yana nechta o'yinda 3tadan gol o'tkazishi kerak ekan-a?

55. MYUning pozicion hujumi yaxshi ildiz otdi. Eriksen qanotdan darvoza yonidagi sherigiga to'pni uzatgandi. Koshta to'pni ushlab oldi.

52. XAVFLI VAZIYAT! Brunu raqib jarima maydonchasi ichida zarba yo'lladi. Koshta to'pni ushlab oldi.

50. GOOOOOOOOOOOOLLLLL!! KAMBEEKKKK!! Omorodion tezkor qarshi hujumni ideal tarzda yakunlamoqda!

47. ONANAAAAAA! Moura Onana bilan birga bir holatga chiqib bordi va zarba yo'lladi. Onana reakciyasi yuqori darajada ekanligini namoyish qildi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

TANAFFUS!

45+1. Dalotning uzoq masofadan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi.

Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.

42. UXXXX!! Kazemiro qanotdan uzatilgan to'pga zarba berdi. Koshta bu safar to'pni qaytardi.

39. Xeylund oldinga o'tdi va darvoza yonidagi Dialloga to'pni uzatdi. Amad to'pga eta olmadi.

37. Bruno to'pni jarima maydonchasiga uzatdi. Lisandro qulay nuqtadan zarba yo'llay olmadi.

35. Bosh hakam manziliga katta etiroz bildirgan Ruud van Nistelroy ogohlantirildi.

34. GOOOOOOOOOOLLLL!! Qanotdan uzatilgan to'pni Omorodion Onana darvozasiga kiritdi!

32. Fernandesh ogohlantirildi.

27. GOOOOOOOOOOLLLL!! Qanotdan uzatilgan to'pga "Portu" futbolchisi boshi bilan zarba yo'lladi, Onana superseyv amalga oshirdi. Qaytgan to'pni Akino darvozaga kiritdi!

25. "Portu" burchak zarbasiga ega bo'ldi. Undan uzatilgan to'pni De Ligt qaytarib yubordi.

20. GOOOOOOOOOOOLLLL!! Reshfordning pasidan keyin Xeylund Koshta darvozasi yaqin burchagini nishonga oldi! Koshta yana yaqin burchagini yopa olmadi.

16. Yana xavfliiii!! "Portu" himoyachisi to'pni oldinga tepib yuborish o'rniga sherigini mo'ljalga oldi. To'p himoyachiga tegib, darvozaning tepasidan o'tib ketdi.

15. XAVFLIIIII! Reshfordning qanotdan uzatgan to'pini "Portu" himoyachisi o'z darvozasiga kiritib yuborishi mumkin edi.

14. UXXXXXXXXXXXX!!! "Portu"da yaxshi vaziyat yuzaga keldi. Akinoning zarbasi noaniq ketdi.

9. Bruno hujumga o'tish chog'ida raqibini yiqitgani uchun fol belgilandi.

7. GOOOOOOOOOOLLLL!! Reshford hisobni ochdi! Koshta juda oddiy zarbani o'tkazib yubordi. Bu erda Reshford juda osonlik bilan raqib jarima maydonchasiga kirib kelganini ham aytib o'tish kerak. 

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

- Hurmatli futbol ishqibozlari! Hechdan ko'ra kech bo'lsa-da, matnli translyaciyani boshlaymiz!


Mirjalol NormatovMaqola muallifi
Muqova: championat.asia

Izohlar

Forever Manchester United
4 oct 2024
uyinni qanday kursa buladi??? birorta telegram kanalda translatsiya bulmayapti
Beckham
4 oct 2024
Zoʻr tv reklama qigandiku
Beckham
4 oct 2024
Portuga omad tilayman. Ten Hag ketsa yaxshi boʻlardi
Xurshidbek Abduraxmanov
4 oct 2024
Порто зур уйнаяпти, МЮ тепгани гол бди
Habib Shahobiddin
4 oct 2024
Yana u qoladi
Xurshidbek Abduraxmanov
4 oct 2024
Лисандро мечални йукотиш керак хеч нарсага улгурмаяпти
Xurshidbek Abduraxmanov
4 oct 2024
Тенг хак кал ифлос
mekan bayarow
4 oct 2024
Malades portu kambek kilib ten takny yok qilsin
mekan bayarow
4 oct 2024
admin nega chelsini hec bomaganda mantli translatsya qimaysizla
Xurshidbek Abduraxmanov
4 oct 2024
Тенг хак ифлос химоя даппа
Ko'proq ko'rsatish