Fatining otasi "Barselona"da o'g'lining o'yin amaliyotidan norozi ekanini malum qildi. Vingerning atrofidagilar uni ko'proq narsaga loyiq deb bilishadi

Omonjon To`xtamirzayev
20 mar 2025
Ansu Fatining atrofidagilari "Barselona"ning futbolchiga bo'lgan munosabatidan norozi bo'lishmoqda.

Futbolchining otasi "blaugrana" direktorlariga yuzaga kelgan vaziyat unga yoqmayotganini to'g'ridan-to'g'ri aytgan. Uning fikricha, vinger bosh murabbiy Xans-Diter Flikni o'ziga o'yin amaliyoti berishga ko'ndirish uchun bor kuchi bilan harakat qilmoqda, biroq hozircha natija yo'q.

Fatining yaqinlari Ansu o'zini ko'rsatish uchun yangi imkoniyatlarga loyiq ekanligiga ishonishadi.

22 yoshli futbolchi boshqa klublarning barcha takliflarini rad etgan va aynan "Barselona" tarkibida muvaffaqiyatga erishishga umid qilmoqda.

Fati joriy mavsum La Ligada 4 ta o'yinda maydonga tushdi. U so'nggi bor 4 yanvar kuni Ispaniya kubogida maydonga tushgandi.


Omonjon To`xtamirzayevMaqola muallifi
Muqova: jijantes.com

Izohlar

WoLfMeN
21 mar
Ugli xech bulmasa Ferranchalik uynalmayabtida fati qotib qogan bekorga chiriyabti
Californication
20 mar
O'sha otasini o'zi aybdor emasmi aslida? Travma oganda operatsiya qildirishga qarshilik qilgan. Endi bu travma vaqt o'tishi bilan qaytalayveradi
Koku
20 mar
Боян Кркични такрори бу, узича эрта кунда 10 ракамни кийволди
Adis Azizxanov
20 mar
шумиди янги Месси )))
Зухриддин
21 mar
Брайтонда асосий таркибда мунтазам тушмаган ўйинчи қандай қилиб Барселонада ўйнаб кетиши мумкун