Ferdinand "Manchester Yunayted"ning xatolari haqida gapirdi

Mirjalol Normatov
7 jun 2023
"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Rio Ferdinand nima sababdan Aleks Fergyusonning ketganidan keyin klub asosiy ijrochilaridan ayrilgani haqida gapirdi.

"Yunayted"ning asosiy xatolari - egizaklar Rafael va Fabio, Uelbek, Chicharito vva Jonni Evansni sotib yuborgani bo'ldi. Ular qisqa vaqt ichida jamoadan ketdi. Ular oldin qurilgan jamoaning asosiy qismi bo'lishgandi. Klub o'ylab ham o'tirmasdan ularni ketkazib yubordi. O'shanda qanday qilib bunday qarorga kelinganini tushunib etmagandim.

Uelbek hozir ham yaxshi holatda. Chicharito, Rafael va Fabio MYUda yaxshi faoliyat olib borishi mumkin edi. Evansning ketgani esa xuddi ustidan kulishdek gap bo'lgandi. Uni har qanday holatda ham tarkibda olib qolish kerak edi. O'sha paytda u jamoaning eng yaxshi himoyachisi bo'lib turgandi", - dedi Ferdinand.

Eslatib o'tamiz, Rio MYUning so'nggi chempionligi qo'lga kiritilgan 2013 yilgi mavsumdan keyin jamoada yana bir yil o'ynab, u ham "qizil iblislar"ni tark etgandi.


Mirjalol NormatovMaqola muallifi
Muqova: Goal

Izohlar

БекМю
7 jun 2023
Рафаел аник хато булган
Man_Utd Norin
7 jun 2023
MYu da tizim yaxshi emas
.
7 jun 2023
MYU sobiq yulduzlari hammasi aqilliy. Ketgan o'yinchila harqatdan tayini yoq, stabil o'yinchilamasidi.
bekobodforewer
7 jun 2023
Энг катта хато Гарначони асосий таркибда туширмагани булмокда ;)