Ferdinand MYU Chempionshipga tushib ketishidan xavotirda: "Biz qanchalik yaqinligimizni tushunyapsizmi?"

Aslanov Jasurbek
18 feb 2025
Rio Ferdinand "Manchester Yunayted" keyingi mavsumni Chempionshipda boshlashi mumkinligidan xavotirda.

"MYUda hozir katta muammolar bor. Mening klubim va xavfli zonani "Vulverxempton" hamda "Vest Xem" ajratib turibdi. Qanchalik yaqinligimizni tushunyapsizmi?

Kimdir APLda jon saqlab qolishimiz uchun 11 ochko etarli degandi va men bu gaplarga jiddiy qaray boshladim. Taqvimga ko'z tashlaganimdan keyin biz tuzukroq natijaga erisha oladigan birgina o'yinimiz "Lester" bilan bo'lar ekan. Bir necha bor bu jamoani taslim qilganmiz, "Lester" bizning mijoz.

Odatda o'yinlar ro'yxatiga qarab, ochko olish mumkin bo'lgan bahslarni ko'zdan kechirasan. Bu erda esa ochichasiga g'alaba qozonishimiz mumkin bo'lgan uchrashuvlarni topolmadim. Muammo shunda" - dedi Ferdinand.


Aslanov JasurbekMaqola muallifi
Qopqoq: Daily Mail

Izohlar

Liverol Motor Oil
18 feb
Хали МЮ қайтади,бунга аминман! Пасайиш вақти хар бир жамоада булади. Ушбу пасайишда Роналдони айблаётганларга эса Аллох шифо берсин. Биттагина 37-ёшли футболчи келиб тизимни бузиб юборгаг булса демакки тизимнинг узи булмаган. Сульшер эффекти бошланишида бироз ёрдам берди,лекин бу узоққа чузилмаслиги шундоқ куриниб турганди. Жамоани янгилаш учун бошқарув тизимига ақллироқ ва футболни яхши тушунадиган инсонларни қуйиши керак МЮ. Америкаликлар трансферларни хам мураббий танлашни хам чичиб юбораяпти.
Ўзбек футболининг муҳлиси
18 feb
Ҳа, аҳвол чатоқ!
. ::Abu Rayyon::.
18 feb
Ипсвич бор яна))
VodiySoft
18 feb
Manchetse Yunayted rahbarlarining o'zi aybdor bunga: 1. Ronalduni qaytarishdi, MYu o'yinlari salbiy tomonga o'zgardi. 2. Ronaldu sabab Sulsherni haydashdi. 3. Jamoada endi tartib o'rnatayotgan Ten Hagni haydashdi. Shu uchala omil menimcha MYuning ahvolini ko'rsatib turibdi.
Зухриддин
18 feb
Қолган ҳамма ўйинди ютқазса ҳам тушиб кетмаса керак менимча, пастдаги жамоалар анча орқада қолиб кетган