Fevzi Davletov: "Menga nisbatan etirozlar? Muxlislar doimo jamoaga ishonishi kerak"

Mirjalol Normatov
5 apr 2025
Superliganing 4-turi doirasida "Qo'qon-1912" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng "Surxon" bosh murabbiyi Fevzi Davletov matbuot anjumanida qatnashdi.

- Bugun muxlislar yaxshi, jangovar o'yin tomosha qilishdi, deb o'ylayman. Ikkala jamoa ham g'alaba qozonishni istadi. Bugungi holatda biz g'alabaga yaqinroq edik va adolatli g'alabaga erishdik. Barchani, muxlislarni, yigitlarimni tabriklayman. Futbolchilarim barcha ko'rsatmalarni bajarishdi. Birinchi bo'lim yaxshi o'tdi. Qo'pol xatodan keyin o'tkazib yuborilgan gol o'yinni yondirib yubordi. Standartlardan keyin ko'p xatolar qildik. Shundan keyin jamoam oldinga o'tdi va gollar urdi. Raqibni to'g'ri o'rgangandik, ularning qanotlaridan kirib bordik va adolatli gollarni urdik.

- Hisob 1:0 bo'lib turgan paytda ikki qanot himoyachilarini o'zgartirdingiz. 1:1 bo'lganidan keyin esa markaziy himoyachini nega o'zgartirdingiz?

- Nodir Nematxonov kichik jarohat olgandi. Uni almashtirishga majbur bo'ldik. Qanotlar borasida esa shunday deya olaman: biz kuchlarni yangiladik, tezlik qo'shdik. Bu poziciya bo'yicha rejali o'zgarish edi. Bu o'zgarishlar jamoaga yordam berdi.

- "Surxon"dagi faoliyatingiz davomida muxlislarning Sizga nisbatan etirozi ko'p bo'lmoqda. Bugungi g'alabadan keyin muxlislarga nima deya olasiz?

- Bunday o'yinlardan keyin yigitlar barchasi omadsizlik bo'lganini tushunib turishgandi. Muxlislar esa har qanday qiyin o'yin bo'lishidan qatiy nazar jamoani qo'llab-quvvatlashlari, ishonishlari kerak. Shundagina jamoa barcha xatolar to'g'rilanib, o'yin yaxshilanib ketadi.

- Abdusalomov masalasida nima deya olasiz?

- U kasal edi. "Bunyodkor"ga qarshi o'yinni betob holatda o'tkazdi. Uni o'shanda maydonga tushirmasligimiz kerak edi. Biroq uning o'zi maydonga tushishni istadi. U kasal. Shuningdek, Pletnevda ham jarohat bor. Menimcha, navbatdagi o'yinga qadar barcha safga qaytadi va biz jangovar tarkibda o'ynaymiz.


Mirjalol NormatovMaqola muallifi
Qopqoq: championat.asia

Izohlar

Sharofiddin Baxadirov
5 apr
Abdusalomov va Pletnyov oʻynamagani yahshi.
jamshid rakhmonov
5 apr
Тошкент майдонларида табиий майдонларда ўйнаб юраверсанглар ҳам бўлар экан.
Farxod Sadullayev
5 apr
Февзижон сизга озгина ковун пишиги борми дейман мкрабийлик килишга чунки омадсизликдан маглубиятга учраганимиз йук олдинги уйинларда яхши уйнай олмадик Ктскаси сизи жойингиз бошка жойда туришинниз хам мурабийликка тортмайди
Vvvgcf Gcfghg
5 apr
Сурхон пазор 9 кишини ютиб шунака суюнадими латтавошлар
Vvvgcf Gcfghg
5 apr
Сурхон пазор 9 кишини ютиб шунака суюнадими латталар