Flik Germaniya terma jamoasi tarixidagi birinchi istefoga chiqarilgan murabbiy

I.J.I
10 sep 2023
Tarixda nemislar birorta murabbiyni bo'shatishmagandi.

Germaniya futbol ittifoqi Xans-Diter Flikni istefoga chiqardi. Flik oxirgi beshta o'yinning to'rttasini yutqazgandi. 

 Sky Sport Deutschland nashrining xabar berishicha, Germaniya terma jamoasining murabbiylari tarixda biror marotaba ham xaydalmagan. Shu paytga qadar barcha murabbiylar yo shartnomasi yakunlangach, yoki o'z xohishiga ko'ra, Germaniya termasini tark etgandi. Xans-Diter Flik istefoga chiqarilgan birinchi murabbiy bo'ldi.

Bundan oldin o'nta murabbiy Germaniya terma jamoasini boshqargan. Bular Otto Nerc, Zepp Xerberger, Xelmut Shen, Yupp Derval, Franc Bekkenbauer, Berti Fogts, Erix Ribbek, Rudi Feller, Yurgen Klinsmann va Yoaxim Lev hisoblanadi. 


I.J.IMaqola muallifi
Muqova: Sky Sport Deutschland

Izohlar

obs
10 sep 2023
Осиё жамоасига уз майдонида йирик хисобда биринчи марта маглуб булиши булса керак.Шу нарса немисларга огир ботган.
Michael Scofield
10 sep 2023
Bavaria da Ishlaring Yaxshi edi
BXZ BXZ
10 sep 2023
Жахон даражасидаги топ футболчилар ку́п лекин жамоа йу́к хисоби ким айбдор албатта мураббий .
Fergana_Sux
11 sep 2023
Eng zo'r boshqargani Yoaxim Lyov.
Farhad Komilov
11 sep 2023
Биздаям худди шунақа... Айниқса Бабаян суваворган... Омааа юраверган... Яна келиб ишлайверади... Кимга ёқмайди соққа ташаб турадиганиии