Futzal bo'yicha JCH. Qozog'iston deyarli 10 ming muxlis qo'llab-quvvatlagan bahsda Argentinadan engildi va yarim finaldan quruq qoldi

Sherzod Nurmatov
30 sep 2024
Mundial chorak finali doirasidagi to'qnashuv yakuniga etdi.

Jahon chempionati

1/4 final

Qozog'iston – Argentina 1:6 

Toshkent. "Humo Arena". 20:00

Gollar: Dauren Tursagulov 34' – Pablo Taborda 22', Anxel Klaudino 24', Kevin Arrieta penalti 29', Sebastyan Korso 32', Bolo Alemani  34', Kevin Arrieta penalti 36'

Qozog'iston (dastlabki beshlik): 2.Igita, 5.Akjol Daribay, 8.Leo, 12.Dauren Tursagulov, 14.Duglas Junior.

Zaxira: 1.Narun Serikov, 3.Arnold Knaub, 4.Rinat Turegazin, 6.Abrirassil Abdumanapuli, 7.Azat Valiulin, 9.Albert Akbalikov, 10.Chingiz Essenamanov, 11.Birjan Orazov, 13.Jahangir Rashit.

Argentina (dastlabki beshlik): 1.Nikolas Sarmiento, 3.Anxel Klaudino, 6.Sebastyan Korso, 11.Alan Brandi, 14.Pablo Taborda. 

Zaxira: 12.Kravecki, 2.Lukaas Tripodi, 4.Bolo Alemani, 5.Agustin Plaza, 7.Matias Rosa, 8.Lusiano Gauna, 9.Kristian Borruto, 10.Konstantino Vaporaki, 13.Kevin Arrieta.

OgohlantirishlarArnold Knaub (15), Dauren Tursagulov (16), Birjan Orazov (39).

ChetlatishDauren Tursagulov (36).


SAHIFANI YANGILASH


UCHRASHUV YAKUNLANDI! SHU TARIQA QOZOG'ISTONNING MUNDIALDAGI YURISHI YAKUNLANDI. ARGENTINA ESA YARIM FINALGA CHIQDI! 

39. Birjan Orazov Nikolas Sarmientoga nisbatan qo'pol o'ynadi va sariq kartochkaga loyiq ko'rildi. 

39. Leo Igita o'yin oxiriga kelib bir qator xatolarga yo'l qo'ymoqda. 

38. Argentina taym-aut olgani malum qilindi.

36. GOL! Kevin Arrieta penaltini muvaffaqiyatli amalga oshirdi – 1:6!

36. Dauren Tursagulov to'pni qo'li bilan o'ynagani uchun maydondan chetlatildi va Argentina penalti tepadigan bo'ldi. 

35. Bugungi bellashuvni tomosha qilish uchun 9350 tomoshabin kelgani elon qilindi. 

34. GOL! Igitaning xatosidan so'ng Messi vatandoshlari navbatdagi golni urdi – 1:5! Katta sahnada Bolo Alemani!

34. GOL! Qozog'iston hisobni qisqartirdi. Gol muallifi Dauren Tursagulov – 1:4! 



32. GOL! Darvozabonsiz o'ynayotgan Qozog'istonning xatosidan so'ng Sebastyan Korso bo'sh qolgan darvozani ishg'ol qildi – 0:4! 

31. Zarbaa! Duglasning kuchli zarbasi noaniq ketib qoldi.

30. Qozog'iston o'ynovchi darvozabon xizmatidan foydalanmoqda, ammo hozircha bu samarasiz. 

29. GOL! Kevin Arrieta penaltini golga aylantirdi – 0:3!

29. Uuuux! Matias Rosaning zarbasidan keyin to'p darvoza ustuniga tegib qaytdi. Argentina tomoni penaltini tekshirishni so'radi va ular haq bo'lib chiqdi. 

27. GOL! Essennamanovning qo'pol xatosidan so'ng Anxel Klaudino hisobni oshirdi – 0:2!  

26. Zarbaaaa! Albert Akbalikovning dastlabki zarbasini darvozabon qaytardi, ikkinchisi esa noaniq ketdi. 

24. Igita maydon markaziga yaqin hududda to'pni oldirib qo'yishiga bir baxya qoldi. U sheriklaridan uzr so'rab qo'ydi. 

22. GOL! Pablo Tadobardaning kuchli zarbasidan keyin to'p darvoza ustuniga tegib, to'rdan joy oldi – 0:1!

21. Ikkinchi taymni boshlab beruvchi hushtak chalindi! 

Birinchi taym tugadi. Hozircha hisob ochilmadi – 0:0. Tanaffusga chiqamiz. 

20. Leo Igita muxlislarni xursand qilib, olis masofadan zarba berdi, sal noaniq.



19. Endi Qozog'iston tomoni taym-aut so'radi. 

17. Zarbaaaa! Kristian Borrutoning darvoza tomon yo'llagan kuchli zarbasi noaniq ko'rinish kasb etdi. 

16. Dauren Tursagulov qo'polligi uchun ogohlantirildi. 



15. Zarbaaaa! Duglasning tepgan to'pi rikoshet bo'ldi va darvoza ustuniga tegib, tashqariga chiqib ketdi. 

15. Arnold Knaub qo'pol harakat qilgani uchun sariq kartochka oldi. Bu paytga kelib Argentina taym-aut olishga qaror qildi. 

13. Uuuux! Qozog'iston avjida! Daribay va Knaubning ketma-ket zarbalari Sarmiento tomonidan qaytarildi. 

12. Leo Igitaaaa! Qozog'istonliklar posboninig kuchli zarbasini argentinaliklar darvozaboni bartaraf qildi. 

10. Zarbaaa! Leoning kuchli zarbasidan so'ng darvozabon to'pni qaytarishga erishdi. 

9. Igita va Birjan Orazov kombinaciyasidan so'ng argentinalik himoyachi so'nggi pallada to'pni maydonga chiqarib yubordi. 

7. Duglas Junior qo'pollik ishlatdi va og'zaki ogohlantirildi. 

5. Zarbaaa! Kevin Arrietaning kuchli zarbasiga aniqlik etishmadi. 

2. Uuuux! Akjol Daribay o'ng qanotdan yorib kirib, chap oyoqda zarba yo'lladi, ozgina noaniq. 

2. Bahs shiddatli start oldi. Sebastyan Korsoga tibbiy yordam zarur. 

1. Uchrashuv boshlandi!

 


- Butun arena Qozog'iston madhiyasini baralla kuyladi. 

- Uchrashuv 20:00 da start oladi.

- Bugun "Humo Arena" sport majmuasi shunchaki "yonadi"! 


Sherzod NurmatovMaqola muallifi
Muqova: Championat.asia

Izohlar

Тож
30 sep 2024
Вохоқ барибир 10минг томошабинни қадрига етмайди. Ўзбекка нисбатан бир хасадини айтади. Айниқса, спорт.кз.
Тож
30 sep 2024
Қозоқ барибир 10минг томошабинни қадрига етмайди. Ўзбекка нисбатан бир хасадини айтади. Айниқса, спорт.кз.
LENEKER
30 sep 2024
Админ 0-1 булдику
Muxammadumar Inomjonov
30 sep 2024
Argentina yarim finalda
Salom_Madrid
30 sep 2024
0:4 bo‘ldi pishdi Qozog‘iston. Afsus!
Akmal Qaxorov
30 sep 2024
Anjanda bo'lganda yutardi qozoq bovurlar
Pedri_16
30 sep 2024
zór oyin bóladi kuchlisi yutsin
+998914111971
30 sep 2024
Олга Козоклар, галаба сизларники бугун
Nasimov_13
30 sep 2024
Qozog'iston yutsin dardimizga alamimizga malham bulishyapti
Zohid Urayimovich
30 sep 2024
Олга Бразилецлар
Ko'proq ko'rsatish