Uchrashuvlar yakunlangach mavsumning eng yaxshilarini taqdirlash marosimi tashkil qilinadi. Bundan tashqari 17:00 da start oladigan so'nggi uchrashuv uchun futzal muxlislariga bayramona kayfiyat ulashish maqsadida liga ular ishtirokida o'ziga xos lotereya tashkil etishni rejalashtirgan.
Siz Yunusobod sport majmuasiga 17:00 gacha tashrif buyurib, majmuaga kirishda bepul raqamli chiptani qo'lga kiritish imkoniyatiga egasiz. O'yin yakunida esa chipta raqamingiz omadli chiqsa, 5 ta changyutgich, 5 ta televizor yoki 5 ta velosipeddan birining egasiga aylanishingiz mumkin.
Izohlar