Germaniyada noyabr oyidagi o'yinlar muxlislarsiz o'tadi

Mirjalol Normatov
28 oct 2020
Germaniya chempionatining noyabr oyida o'tishi kerak bo'lgan o'yinlari muxlislarsiz tashkillashtiriladi.

Germaniya federativ respublikasi kancleri Angela Merkel video-konferenciya vaqtida buni rasman malum qilgan.

Ayni damda Germaniyada futbol o'yinlarida stadionlarning 20 foizi muxlislar bilan to'lishiga ruxsat berilgandi.

Biroq mamlakatdagi epidemiologik holat biroz yomonlashgani sababli kvotalar vaqtincha pasaytiriladi.


Mirjalol NormatovMaqola muallifi
Muqova: Kicker

Izohlar