Gvardiola "Raqiblar bizdan ko'ra tajribaliroq"

Omonjon To`xtamirzayev
30 jan 2025
"Manchester Siti" Pep Gvardiola jamoasining Chempionlar Ligasida zafar quchish imkoniyatlari haqidagi savolga javob berdi.

"Ayni vaqtda yo'q... Biroq mavsumning dastlabki qismida, biz g'alabalar qozonayotganimizda, men Chempionlar Ligasini yutamiz, deb o'ylardim. Men pragmatik insonman, reallik esa bu reallik.

Raqiblar bizdan ko'ra tajribaliroq. "Real"ga, nazarimda, malum vaqt qiyin bo'ldi, lekin oxirgi o'yinlarda ular o'ziga kelib oldi. "Bavariya" Vinni [Kompani] qo'l ostida ajoyib mavsum o'tkazmoqda.

Agar biz ertaga maydonga tushganimizda, juda qiyin bo'lardi. Biroq ikki haftadan keiyn (ECHL 1/8 finalida - tahrir.) raqibimiz qanday holatda bo'lishini ayta olmayman. Biz yaxshilab tayyorgarlik ko'ramiz, qolganini esa vaqt ko'rsatadi", - dedi Gvadiola.

Eslatib o'tamiz, "Manchester Siti"ning o'zbekistonlik himoyachisi Abduqodir Husanov pley-off bosqichida jamoasiga yordam bera oladi. 


Omonjon To`xtamirzayevMaqola muallifi
Muqova: City Xtra "Твиттер" саҳифаси

Izohlar

Muxammad7
31 jan
Real muxlisiman l.n aynan xusanov sabab sitiga muxlislik qilaman pep gazini bos
Futbol Uchun
30 jan
Ҳа ҳозир Сити чемпион бўлишга тайёрмас, лекин 20-30 кундан кейин Родри қайтса ҳимоячилар яхши формага кириб олса ва албатта Хусанов жамоага мослашиб олса чемпионлик учун курашиши мумкин.
Нурбек Майлиев
30 jan
Финалда Реал-сити курсак ёмон бумасди