Gvardiola yangi shartnomasi borligiga qaramay, "Manchester Siti"ni tark etishi mumkinligini aytdi

I.J.I
1 dec 2024
Agar vaziyat yaxshilanmasa, murabbiyni yangi shartnoma ham to'xtatib qololmaydi.

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola o'zining 2027 yilga qadar mo'ljallangan yangi shartnomasi bo'yicha gapirdi. 

"Men bu erda nafaqat o'tmishda yutgan sovrinlarimiz, balki yana g'alabalarga erishishni istayotganim, klubda baxtli ekanim uchun qoldim. Vaziyat o'zgaradigan bo'lsa, men "Manchester Siti"da qolishni istamagan bo'lardim. O'zimni klub uchun muammmodek his qilishni istamayman. Faqatgina yangi shartnomam borligi uchun klubda qolishni ham xohlamayman", -deydi Pep Gvardiola BBC nashriga bergan intervyusida.

Malumot uchun, "Man Siti" 6 o'yindan beri g'alaba qozona olmayapti. Bu o'yinlarning beshtasida Gvardiola shogirdlari mag'lub bo'ldi.


I.J.IMaqola muallifi
Muqova: BBC

Izohlar

=JAGUAR=
1 dec 2024
yaqin vaqt ichida Mourinyo, Konte, Van Gal, Anchelotti, Ranyeri, Klopp, Pachettino, Rojers, Tuhel kabi kuchli murabbiylar yig'ilib qolgan edi... Endi esa top darajadagi faqat shu Gvardiola qoldi bu APLda
Аббос Азизов
1 dec 2024
Бу вақтиналик пасайиш ўтиб кетади
ХОКИМ НАЗАР
1 dec 2024
Хар ишда хикмат бор? Бу маглубиятлар хулоса олишга ëрдам беради? Барсани маглубияти хам фойда деб уйлайман? Чунки шов шувли трансферлар кимаса таркиб барибир ëш болалардан ташкил топган? Бомба трансферлар кере Барсага? Ситига келсак хали жамоа уз сузини айтади деб уйлайман?
ХОКИМ НАЗАР
1 dec 2024
Бугунги уйин олдидан яна тахмин килиб кураман? Лекин сунги вактларда тахминларим узини окламаяпди? Ливерпул 2 - 4 Сити
Зинуp
1 dec 2024
Турт хил никда ёзибди уч хил никда узини ёзганини тасдиклаб куйибди)))