Gvardiolaning onasi koronavirus sababli vafot etdi

Mirjalol Normatov
6 apr 2020
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiolaning onasi vafot etdi.

"Shaharliklar" matbuot xizmati xabariga ko'ra, Dolores Sala Karrio bugun Barselonada koronavirus sababli vafot etgan. U 82 yoshda edi.

"Klubda ishlaydigan barchaning nomidan Pep va uning oilasiga hamdardlik bildiramiz", - deb yoziladi klub bayonotida.

Oldinroq Gvardiola koronavirusga qarshi kurashish uchun Barselona kasalxonalariga 1 mln evro xayriya qilgandi.


Mirjalol NormatovMaqola muallifi
Muqova: Goal

Izohlar

I Love you .....
6 apr 2020
82 yoshni qarshi olibtilar.lekin koronavirusni baxonq qilib gapirish menimcha nourin.
abdurakhimov_a
6 apr 2020
Inna ilayhi va inna lillahi roji'un man. Sitini yomon ko'rsamam xafa bo'ldm
My_Game_is_Fair_Play
6 apr 2020
Faqat hozir bitta yarimta aqilli mulla chiqib u musulmon emas edi bir nimalar demanglar, Joyi jannatda bo'lsin, Oila a'zolariga sabr bersin.
D.T.11
6 apr 2020
ХАММА БАЛОГА САБАБЧИ ХИТОЙ ХУКУМАТИ КАСАЛЛИКНИ ВАКТИДА ДУНЁГА ЭЛОН ҚИМАДИ. ЭНДИ БУТУН ДУНЁ ОЛДИДА ЖАВОБ БЕРИШ КЕРАК.
Muhammadjon
6 apr 2020
Qo'ying birodarlar, bekorga kuyinmang. Xalqimiz hali diniy ilm bo'yicha ancha sust. Bazilar "joyi jannatda bo'lsin" degan ikki og'iz "yaxshi" gapi aslida nimani anglatishini tushunib yetmagan, bu gapiz noto'g'ri detish bilan ularni tushunchasini o'zgartirib bo'lmaydi.
My_Game_is_Fair_Play
6 apr 2020
Mana shunaqa 1-2 ta tolerantlik nimaligini bilmiydigan, hammaga sakrab tahdid qilaveradigan chala mullalar sababli Islomofobiya paydo bo'ldi. Haqiqiy Islom odam ajratmaydi. O'zin dona bilgan uch to'rtta nodon, Eshak tabiatin qilur namoyon, Bular suhbatida Sen sah nodon bo'l, Bo'lmasa kofir deb qilishar e'lon. (Umar Hayyom) Sog' bo'linglar )))
SURXAN CHEMPION
6 apr 2020
Hamma davrlarda ham dinlarga yuzaki qaragan insonlar munosabatlarni buzgan. U kim bo'lishdan qatiy nazar futbol daxosini dunyoga keltirgan, o'zimizni onalarga o'xshagan bolasi uchun jonidan kecha oladigan yagona inson bo'lgan. Alloh gunohlarini kechirsin va raxmatiga olsin.
Rakuten
6 apr 2020
Menimcha, gay'ridin inson olamdan o'tsa Qur'ondan qandaydir suralar o'qish mumkin emas sheklli. Dini baribir boshqa. Kalima keltirib olamdan o'tmagan. Agar g'ayridin birodarlarimiz bo'lsa yaqini o'tib qolsa, shunchaki taziya bildirib qo'yish kifoya qilsa kerak. Gvardiola uchun afsusdaman.
Sang555
6 apr 2020
Сабр берсин Гвардиолага Вирус қуриб кетсин