"Holand jahon darajasidagi hujumchi emas"

Sherzod Nurmatov
5 dec 2024
Ko'plab gollar urishiga qaramay, Erling Holand Angliyadagi faoliyati davomida o'yin qurishda ishtirok etmagani uchun tanqid qilindi.

"Tottenxem" va "Real" sobiq yulduzi Rafael van der Vart "talkSPORT"ning yangi shousida norvegiyalik futbolchini tanqid qildi.

"Tezlikni olib tashlasangiz, Holand oddiy futbolchiga aylanadi. Uning texnikasi yuqori emas. U "Siti" formada bo'lganida, ajviga chiqishi mumkin, ammo jamoa muammoga duch kelganida emas.

Menimcha, unga chinakam yuqori hujumchilarga xos bo'lgan narsa etishmayapti. Bu gapim uchun meni tanqid qilishlari mumkin, lekin Holand men o'ynagan davrdagi Rud van Nistelroy kabi hujumchilar bilan bir xil darajada emas.

"Manchester Siti"ga hozir Holand kerak – va u qaerda? Shuning uchun u jahon darajasidagi hujumchilarning kichik guruhiga kirmaydi", – dedi sobiq futbolchi.

Holand ushbu mavsum "shaharliklar" tarkibida 19 o'yinda qatnashib, 17 ta to'p kiritdi.


Sherzod NurmatovMaqola muallifi
Muqova: TalkSPORT

Izohlar

Azizбек Азиз
5 dec 2024
Тугри фикр билдирган. Жудаям эринчок футболчи. Мехнаткаш эмас. Кам югуради
Donyor Nosirov
5 dec 2024
Туппа тугри Респект
Гуломжон
5 dec 2024
Тугри фикр мен буни олдинам айтганман
Renato
5 dec 2024
Uzing km bogansa kot de vart
Baxtiyor MYu
5 dec 2024
Бизни ку́зимиз Роналду ва Мессига у́рганиб колибди. Уларни финтларига, техникасига, у́йинни куткаришига, жарима голларига........ Уларни олдида бошка у́йинчиларни даражаси паст ку́риняпти. Хатто Родри-Винисиусларни оладиган олтин ту́плариям анов иккисини олдида кумуш ту́пга у́хшаб коляпти.
Erkin Odilov
5 dec 2024
Шунака битта хужумчи Узб термасига жуда зарурда хозир
Azizbek Rustamovich
5 dec 2024
Bu gapni Indzagi to‘g‘risida ham aytishgan. Inzagi hatto stulni aldab o‘tolmaydi deb. Lekin Inzagida beshta van der varnikidan yaxshi karera bor. To‘g‘risi, Holandni burni ham van Der Vartni butun faoliyatidan kattaroq. Tezlikni olib tashlasa emish. Agar Ronaldudan ham mehnatkashlikni olib tashlasa u ham oddiy futbolchi. Hohlagan top futbolchidan eng katta plusini olib tashlasa u ham oddiy futbolchi bo‘lib qoladi. Holandni yoqtirmaymanu, lekin tan olish kerak u eng kuchli to‘qqizlik o‘yinchi
Aliakbar RM
5 dec 2024
Benzema ronaldo soyloq suares anri drogba eto lardi pasi xam yaxshi bo'gan pas devol uslubida o'ynashni rivojlantirish kere Holland yaxshi darajada sal pasayish bo'gan payit tanqidni foydasiga ishlatib ashi tomonlarini rivojlantirsa
Azizbek Rustamovich
5 dec 2024
Eng qizig‘i Holand Sitida kashf etilmadi. Kimligini Borussiyadayoq isbotlab bo‘lgan
Man_Utd Norin
5 dec 2024
Xolland xozrgi davrning eng kuchli 9 lik xujumchisi buni statistikasi aytib turibdi
Ko'proq ko'rsatish