Husanov, Hakimi, Grinvud... Liga 1da mavsumning birinchi qismi ramziy terma jamoasi

Tolibjon Qosimov
1 jan 2025
Hamyurtimiz Abduqodir Husanov navbatdagi ramziy terma jamoada.

Garchi Franciya chempionatida hali 1-davra bellashuvlari yakuniga etmagan bo'lsada, mavsumning birinchi va ikkinchi qismi aynan yangi yil kirib kelishi bilan ajratib olinadi.

28 dekabr kuni "LʼEquipe" nashri ichki chempionatda mavsumning birinchi qismi uchun ramziy terma jamoani tuzgan va undan Husanov o'rin olgan edi. Endi esa muxlislar talqiniga ko'ra, Franciya chempionati dastlabki qismining ramziysi elon qilindi. Tabiiyki, undan Abduqodir ham joy olgan.

Muxlislar talqiniga ko'ra Liga 1 birinchi qismi ramziysi:

Darvozabon: Xeronimo Ruli ("Marsel");

Himoyachilar: Ashraf Hakimi (PSJ), Villian Pacho (PSJ), Abduqodir Husanov ("Lans"), Nunu Mendesh (PSJ);

Yarim himoyachilar: Rayan Sherki ("Lion"), Joau Nevesh (PSJ), Per-Emil Xoyberg ("Marsel");

Hujumchilar: Bredli Barkolya (PSJ), Jonatan Devid ("Lill"), Meyson Grinvud ("Marsel").


Tolibjon QosimovMaqola muallifi
Qopqoq: x.com/Ligue1

Izohlar

Marg‘ilonlik
1 jan
Райан Шерки ни Реал Мадрид жамоасида куришни хохлагандим. Зидан ёшлигида Райанни истедодини пайкаган. Келачакда Реал Мадрид жамоаси трансфер килиш керак манимча Шерки ни
Nov
1 jan
ПСЖ уйинчиси Абдукодирни якиндан томоша килаяпти, менга ЧЛ финалида Роналду Салахга карашини эслатиб юборди.