"Husanov - haqiqiy monstr. U "Lans"da uzoq ushlanib qolmaydi. Tashvishlanmang, bizda Abduqodir bor"

Narzulla Saydullayev
2 oct 2024
Franciyaning bir yo'la ikkita sayti Le11 va Lensois O'zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov haqida material tayyorlashdi.

Sizlar uchun eng asosiy joylarini tarjima qildik.

Abduqodir Husanov "Lans" asosiy himoyachisiga aylanib bormoqda. Murabbiylar shtabi va jamoadoshlari uning o'yinlaridan xursand ekanliklarini yashirishmayapti.

Yozgi transfer oynasi so'nggi kunlarida Kevin Danso "Roma"ga o'tayotgani malum bo'ldi. Ammo Dansoning yuragida muammolar aniqlangach bu transfer amalga oshmay qoldi. Danso "Lans"ga qaytdi, ammo u dastlab davolanishi lozim.



O'shanda "Lans" klubi sport koordinatori Jan-Lui Leka shunday degandi: "Tashvishlanmang, bizda Husanov bor. U tayyor". Leka adashmagandi.




"Abduqodirning potenciali juda katta. Hozir o'yin amaliyotiga ega bo'layotgani o'zi uchun ham, biz uchun ham juda foydali", - dedi "Lans" bosh murabbiyi Uill Still "Nicca"ga qarshi o'yindan so'ng. O'sha o'yinda Husanov eng yaxshi futbolchi bo'ldi.


"Husanov hayron qoldirmoqda. U yosh, ammo shunga qaramay professional darajada juda ko'plab o'yinlar o'tkazishga ulgurdi va bu o'yinlarning ko'pida juda yaxshi harakat qildi, - dedi "Lans" yarim himoyachisi Adrien Tomasson. - Uning rivojlanayotganini ko'rib turibmiz, mashg'ulotlarda juda yaxshi ishlamoqda va borini bermoqda. Yashirmayman: to'p uchun kurashda undan uzoqroqda bo'lishga harakat qilaman".


"Lans" bosh murabbiyi Uill Still: "Abduqodir xotirjam, kuchli va yuqori tezlikka ega. Ha, u francuzchada yaxshi gapira olmaydi, ammo bu unga xalal berayotgani yo'q".


"Lans" yarim himoyachisi Adrien Tomasson: "Husanov - juda ochiqko'ngil yigit. U bilan gaplashish qiyin, bu rost. Francuzchada bazi gaplar va so'zlarni biladi xolos. Maydon tashqarisida bazida bular etarli bo'lmaydi. Ammo u futbol leksikasini juda yaxshi biladi, bu eng muhimi. Maydonda barchasini tushunadi. U francuzcha o'rganmoqda, shu sabab kundan-kunga yaxshi gapirmoqda".


"Husanovning eng yaqin do'sti - ekvadorlik Joanner Chaves. Haligacha ular qanday gaplashishlariga tushunmayman!" - tan oldi Uill Still.


"Lans" darvozaboni Bris Samba: "Husanov - haqiqiy monstr. U maydonda qilayotgan ishlari... Bazida meni qo'rqitadi. U atigi 20 yoshdaligini unutmanglar. Abduqodir "Lans"da uzoq ushlanib qolmaydi deb o'ylayman".


Narzulla SaydullayevMaqola muallifi
Muqova: championat.asia

Izohlar

LFC_FIRMINO
2 oct 2024
Omadini bersin. Liverpulga o'tsin)
Абдулазиз Кодиров
2 oct 2024
Инша оллох у бунданда кучли клуб ва чемпионатларда уйнашга кодир,бизни Абдукодир
Forever Manchester United
2 oct 2024
William Still ni men uzoq vaqtdan beri kuzatib kelaman juda kelajagi porloq murabbiy Abduqodirga uxshab Lans ga uzoq vaxt qolmaydi 2lasi ham top klublarga utib ketadi kelajakda yana Olloh biladi Still ham hali yosh murabbiy 40ga borgani yuq hali
Sher Abdurazoqiv
2 oct 2024
Узбек углони хакида, яхши фикирларни эшитиш кандай екимли ха!
A1981
2 oct 2024
Кишда ПСЖ олмокчи