Husanovning "Manchester Siti"dagi debyuti: xato, hayajon va tribunadan qarsaklar

Alisher
26 jan 2025
Championat.Asia muxbiri Nikolay Egorichev o'zining Telegram kanalida "shaharliklar" tarkibida Abduqodir Husanov debyut qilgan "Manchester Siti" - "Chelsi" o'yini yakunlari haqida kichik matn chop etdi.

Birinchi taym Husanov uchun yumshoq qilib aytganda oson bo'lmadi. Ilk daqiqalar - aqlbovar qilmas hayojon va tushuntirib bo'lmas xato. Abduqodirning o'zi ham u erda nima qilgani haqidagi savolga javob bera olmasa kerak.

Shu bilan birga, "Siti"ning qanday o'ynagani hayron qoldirmoqda. Aniqrog'i, birinchi bo'limning dastlabki 15-20 daqiqasi: manosiz, kam harakat va ko'p xato. Agar Husanovning xatosini jamoaning yangi o'yinchisi "kemadan balga" tushib qolgani bilan izohlasak, Gyundoganning oddiy vaziyatlardagi braklarini qanday tushunish kerak?

Umuman olganda, o'yin chalkash o'tdi. Maydon markazisiz, hujumdan hujumga. Huddi "Siti" va "Chelsi" emas, masalan "Brentford" va "Kristal Pelas" o'ynagandek.



Husanovga kelsak, xudoga shukur, xatosidan so'ng tinchlandi. Bir necha bor to'pni yaxshi harakatlantirdi, harakat qildi. Agar o'sha xato bo'lmaganda, uning o'yinini to'rtga baholash mumkin bo'lardi.

Husanov xatosining bir qismiga Gvardiola sababchi ekanligi haqida fikrni ko'rdim. U jamoada atigi hafta oldin kelgan, hali ko'nikmagan yosh yigitni tushirdi. Ammo, po'lat shunday mustahkamlashadi. Huddi shunday holat "Lans"dagi ilk o'yinda ham ro'y bergandi, ilk 15-20 daqiqada hayajonda, so'ngra barchasi ozmi-ko'pmi tinchlanadi.

Husanovning ikkinchi taymda chiqqani yaxshi signal. Bu haqiqatdan ham qiyin debyutdan so'ng tanaffusda almashtirilishdan yaxshidir. Etiborlisi, stadion Husanovni qarsaklar bilan kuzatib qo'ydi. Hattoki kimdir buni turib amalga oshirdi. Ha, Gvardiola ham u maydondan chiqqandan so'ng otalarcha quchoqladi.



Hozir eng asosiysi "sovuq bosh"ni saqlab qolishdir. Husanovning felini bilgan holda, u aynan shunday qiladi deb o'ylayman. Va Abduqodir jamoa va murabbiylar shtabidan qo'llab-quvvatlash oladi deb umid qilaman. Yana aytaman, o'sha xato bo'lmaganda, debyut normal bo'ldi deb aytsa bo'lardi. Bunday xatolar bu darajada kechirilmaydi. Qisqa qilib shunday yakun chiqarish mumkin: Bu "Lans" emas, bu APL. Bu erdagi futbol biroz boshqacha va imkon qadar tezroq adaptaciya qilish kerak.

Qiziqarli fakt: Husanov "Lans" asosiy tarkibida o'tishdan so'ng ilk bor ikki oydan so'ng chiqqandi. Shunchaki taqqoslash uchun. Shunday ekan, bir oydan so'ng uning o'zini qanday ko'rsatishini ko'ramiz. O'shanda ilk xulosalarni chiqarish mumkin.


AlisherMaqola muallifi
Qopqoq: championat.asia

Izohlar

Отабек Усманов
26 jan
Бўш келма ўгил бола! Биз сен билан доим қўллаб-қувватлаймиз. Ўйин ўзинг кутгандек бўлмагандир лекин ҳаммаси сен учун яхши бўлади. Олга орқангда милионлаб ўзбек мухлислари бор сени ўйинингни томоша қилиб қўллаб-қувватлайдиган. Отанга рахмат укажон ! Сен уддалайсан
Отабек Усманов
26 jan
Бўш келма ўгил бола! Биз сен билан доим қўллаб-қувватлаймиз. Ўйин ўзинг кутгандек бўлмагандир лекин ҳаммаси сен учун яхши бўлади. Олга орқангда милионлаб ўзбек мухлислари бор сени ўйинингни томоша қилиб қўллаб-қувватлайдиган. Отанга рахмат укажон ! Сен уддалайсан
Man City Championes
26 jan
Тугри бир кишин хатосини гапириб анализ килишдек осони йук аслида лекин бола бир хафта ичида чикиб дебют килмокта. Янги жой янги одамлар бир уйлаб куринглар оддий уйингизни узгартирсангиз бошка уйда ухлай оласизми камида бир хафта канака нокулай булади урганишда а бу бошка давлатда сал вактам керакда бирданига хаммаси яхши булиши кийин бу дунйода хозирги вактда одамлар через чур талабчан булган биз одам кунгил бор хаяжон бор психика бор буниям инобатга олиш керак.Мен битта нарсани эштиб колдимда 100 150 йил олдинги одамлар агар бизни даврда тушиб колса бу босимга бундай мухитга юраги дош беролмас экан шунчалик хайот тезлашиб кетган экан шундай экан узимизни асрайлик оз моз булсаям бекорга одамлар куп касал булмаяпти бекорга имунитет тушиб кетмаяпти хаммаси босим ва уйла хайолдан вахимадан публика килмасдан вахима килмасдан тинч тотув яшайлик ахир бу бир спорт ором олиш керак канакадир одам телеграмда чикиб бир нималар деп вахима киб йотибти ухх зур нарсан билиб олибсан сан энг зурисан. Товба Астагфирулло.
Ahrorbek 91
26 jan
Xatoni xar kim qilishi mumkin muhumi qayta qayta qilmaslik biz senga ishonamiz ukajon
safo78
26 jan
Худо хохласа хаммаси олдинда,шкурки унинг хатосидан сўнг жамоа жабр кўрмади.