Ikki yarim oy avval Qizilqum bilan xayrlashgan legioner jamoaga qaytmoqda
Khoja
12 feb 2025
Dekabr oyida Qizilqum bilan xayrlashgan Elguja Lobjanidze faoliyatini yana Navoiy jamoasida davom ettirishga yaqin.
Bu haqida Narzulla Saydullaev malum qildi.
Eslatib o'tamiz, Qizilqum matbuot xizmati 23 dekabr kuni gruziyalik legioner bilan xayrlashganini elon qilgandi. Futbolchi o'tgan mavsum Superligada 17 ta uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol urgandi.
Izohlar