Ilhom Mo'minjonov: “Jizzaxdan yutuq bilan qaytishga harakat qilamiz”
Superliga 5-turidan o'rin olgan “Navbahor” – “Nasaf” (0:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida “Navbahor” bosh murabbiyi Ilhom Mo'minjonov va jamoa posboni Botirali Ergashevlar ishtirok etib, jurnalistlarning savollariga javob qaytarishdi.