Imkonsiz narsaning o'zi yo'q

Omonjon To`xtamirzayev
29 oct 2024
"France Football" "Oltin to'p" sovrinini Vinisius emas, Rodriga topshirgani ko'plab muhokamalarga sabab bo'lmoqda.

Kimdir Vinisiusdan sovrinni o'g'irlashdi desa, yana kimdir Rodri ham necha yildan beri stabil o'yin ko'rsatmoqda - u bunga loyiq, deyapti.

Nima bo'lganda ham sovrin o'z egasini topdi va endi hech kim hech nimani o'zgartira olmaydi. Marosimda g'olib elon qilingach, Rodrining reakciyasida ham chuqur mano bor.    

Qiziq tomoni, o'z nuqtasida jahonning eng zo'ri bo'lgan Rodri bu kabi nominaciyalarda yuqori baholanmaslikka o'rganib qolgani ham balki sabab bo'lgandir. Gap shundaki, "Manchester Siti" tayanch yarim himoyachisi APLda o'tgan mavsumning eng yaxshi futbolchilari TOP-8ga kirmaganidan tashqari, klublar o'rtasidagi eng obro'li musobaqa UEFA Chempionlar Ligasi mavsum ramziy termasida ham ispaniyalikka joy topilmagandi. ECHL ramziy termasi yarim himoyasiga Vitinya, Zabicer va Jud Bellingem loyiq ko'rilgandi. 


Minglab nashrlar, millionlab muxlislarning taxminlariga qaramay, sovrin Rodri bu kurashda g'olib chiqdi. Uzoq yillardan buyon ilk bor "Oltin to'p" hujumchi yoki hujumkor futbolchiga emas, ko'proq himoyalanishda ter to'kadigan yigitga nasib qildi. Balki bunga uning o'zi ham ishonmagandir, lekin "imkoni yo'q narsaning o'zi yo'q" degan gap, yana bir bor isbotini topmoqda. Shunday ekan, o'z maqsadingiz yo'lida to'xtamang!


Omonjon To`xtamirzayevMaqola muallifi
Muqova: championat.asia

Izohlar

Zarif Jonibekov
30 oct 2024
Hamma geyselonachilar haq nimadir deb yozibdi dalbanlar hammasi bilardi Vinni yoki bellingem olishi kerak yokida carvahal ham bor edi shunchaki Realga qilingan ish bu mavsumni eng yaxshi jamoasi deb topildiku Real deyish mumkin buni shunchaki óyinligi aniq nimaga hech kim bilmaydi bu yil futbolchi tópni olsa hamma biladi deb 2soat qoganda butun dunyo bildi ovozlarni yiģish ham qiyin emas sal futbolga qarab gapiringlar geyseyonacha bólibmas
Mir Jaxon
29 oct 2024
Shaxsiy fikr:Bu aniq Fifa bi ishi.Men Vini olmaganidan xursandman.Lekin Rodriga terma jamoalar murabbiylari va futbolchilari yetarlicha ovoz berganiga ishonmayman.
Mir Jaxon
29 oct 2024
Shaxsiy fikr:Bu aniq Fifa bi ishi.Men Vini olmaganidan xursandman.Lekin Rodriga terma jamoalar murabbiylari va futbolchilari yetarlicha ovoz berganiga ishonmayman.
Erling Xoland
29 oct 2024
Buskets vorisi ekanligini isbotladi. OT muborak!
Barcelona Legenda
29 oct 2024
Модричга берилган пайтда лойк деганлар энди Родри лойкмас боп колдими.