"Inter" yanvardagi ilk transferini tayyorlamoqda

Sherzod Nurmatov
17 oct 2023
"Neradzurri" tarkibni kuchaytirish ustida ishlayapti.

"Inter" "Monca" yarim himoyachisi Andrea Kolpanini sotib olish ustida ishlamoqda, deb xabar berdi "Tuttosport". "Neradzurri" futbolchi uchun taklif tayyorlamoqda.

Italiyalik futbolchi "qora-ko'klar"ning ilk qishki transferiga aylanishi mumkin. 

Kolpani "Monca"da 2020 yildan beri to'p tepadi. 24 yoshli xavbek joriy mavsum barcha turnirlarda 9 ta o'yin o'tkazib, 4 ta gol urdi.


Sherzod NurmatovMaqola muallifi
Qopqoq: Tuttosport

Izohlar

Burhonbek Abdumo'minov
17 oct 2023
Statistika zoʻrku
Umirqulov
17 oct 2023
Gavda tuzilishi di mariyaga uxsharkan. Ozg'in va chayir bolaga uxshaydi