Ivan Boshkovich: "Tailandda aniq ustunlik bor, deya olmayman. Lekin bu O'zbekistonga xotirjamlik bermasligi kerak"

Iskandarov Abdulaziz
29 jan 2024
O'zbekiston - Tailand uchrashuvidan avval bevosita Tailand futbolini biladigan mutaxassis, futbolchilarga yuzlanmoqdamiz.

"Nasaf"ning sobiq chernogoriyalik futbolchisi, "So'g'diyona" ustozi Ivan Boshkovich faoliyati davomida Tailandning "Chonburi", "Sriracha", "BEK Tero Sasana", "Krabi", "Sisaket", "Rayong" kabi klublarida to'p tepgan. Tabiyiki, murabbiy ularning futbolidan xabardor. 

- Tailand futbolini yaxshi darajada deyishim mumkin. Ular oxirgi 5-10 yilda yaxshi natijalarga erishdi va hurmatga loyiq. Tashkilotchilik, malakali xorijlik mutaxassislar mamlakat futboli saviyasini oshirmoqda. Klublar o'z akademiyasiga ega bo'lyapti. Aniq dastur va strategiya asosida ishlamoqda. Barcha klublar xususiy va kuchli homiylarga ega.

- Ertangi o'yinda ularda aniq ustunlik yo'q. Lekin bu favorit O'zbekistonga xotirjamlik bermasligi kerak. G'alaba uchun bosim bo'lmagan vaziyatlarda bunday jamoalar yanada yaxshiroq o'ynay olishi mumkin. Tailandda har qanday raqibga muammo tug'diradigan texnik, epchil va kreativ futbolchilar bor. Ular kuchga asoslangan futbolni yoqtirmaydi. Bu esa O'zbekistonga ustunlik berishi kerak. 

- Tailandda yuqori saviyadagi mutaxassislar faoliyat olib bormoqda. Ular maydonda bir-birini yaxshi tushunadi. Sifat, saviya borasida O'zbekiston favorit. Lekin bitta o'yinga yaxshigina tayyorgarlik talab etiladi. Ruhiy tayyorgarlik bunda juda muhim hisoblanadi. Agar koncentraciya va o'yindagi intizom yuqori saviyada bo'lsa, O'zbekiston katta muammoga duch kelmaydi.


Iskandarov AbdulazizMaqola muallifi
Muqova: championat.asia

Izohlar

Umirqulov
29 jan 2024
Ertaga Zafarmurodni tushirmaslik kerakda chunki eng katta kamchiligimiz bub qolyapdi himoyada. Uzi o'ng qanot himoyasiga Zafarmurod emas Dilshod Saitovni olish kerak edida. Hech bulmasa Muhammadqodir Hamroliyevni tushirish kerak o'ngda. Qashqadaryolik muhlislar sukishi mumkin bu gapdan kn. Lekin vaziyatga real baho bersak Hali darajasi yetmaskan Zafarmurodni
Burhonbek Abdumo'minov
29 jan 2024
Bek Tero Sasana Paxtakorni yarim finalda chiqarib yuborgandi OCHLni ilk mavsumida oʻshanda ham Paxtakor favorit edi oʻshanchun ertaga diqqatli boʻlishimiz kerak
Davronbek Abduvaliev
30 jan 2024
Инаоллох эртага ғалаба биз томонда бўлади.
Davronbek Abduvaliev
30 jan 2024
Инаоллох эртага ғалаба биз томонда бўлади.
WoLfMeN
29 jan 2024
Iroq iordania uyini 25 yil oldingi MU -BAVARIYA uyinini esimga soldi yosh bola edim