Jahon chempionatida ishtirokchilar soni yanada oshirilishi mumkin!

Mirjalol Normatov
6 mar 2025
2030 yilda o'tadigan jahon chempionatida 64 terma jamoa ishtirok etishi mumkin.

"The Athletic" malumotiga ko'ra, FIFAdagilar jahon chempionati turnirining 100 yilligiga atab, 2030 yilgi jahon chempionati ishtirokchilari sonini 48tadan 64tagacha oshirishni muhokama qilmoqda.

Bu taklifni 1930 yilda ilk marta jahon chempionati o'tkazilgan Urugvay mamlakatidan tashrif buyurgan delegat o'rtaga tashlagan. FIFA prezidenti Janni Infantino buni "qiziq va taxlil qilib ko'rishga arziydigan taklif" deb baholagan. Biroq bu taklif rad qilinishi ham mumkin.

Eslatib o'tamiz, oldinroq JCH ishtirokchilari soni 32tadan 48taga etkazilgandi. Bunday formatdagi ilk mundial 2026 yili AQSH, Kanada va Meksikada o'tkaziladi.


Mirjalol NormatovMaqola muallifi
Muqova: The Athletic

Izohlar

Abdusalom Mirzayev
7 mar
Биз жаҳон чемпионатига чиқмагунимизгача терма жамоалар сони кўпаяверади.
Samar O'ralov
6 mar
Mayda-chuyda qilmasdan birdaniga hamma Terma jamoalarni bir joyga yig'ib JCH o'tkazib yuboraversin endi
assassin
7 mar
Узи ЖЧ чиксак хам аввалгидай гурур билан чикмаймиз осон бупколди узлари олиб чикиб куйишяпти
SHohjahonErgashev
6 mar
O‘zbekiston chiqmaguncha oshiraveradi. Shu bilan birga jahon chempionatini qizig‘i ham qolmaydi
Жахонгир Йулдошев
6 mar
Бир иккита клубни хам кушиб юбоиринглар, шунда янаям купрок сокка келади