Jaloliddinov hamda o'tgan mavsum Qozog'iston kubogini qo'lga kiritgan Abdumajidov "Olimpik"ka o'tdi

Tolibjon Qosimov
25 jan 2023
Yangi mavsum oldidan Superliga klublari tarkibni shakllantirish ishlarini davom ettirishmoqda.

Ruslan Jiyanov Rossiya klubi bilan shartnoma imzolagach "Olimpik"ka qaytadi

24 yanvardan "Olimpik" jamoasi Toshkentda mashg'ulotlarni boshladi. Bu mavsumoldi tayyorgarlikning uchinchi bosqichi hisoblanadi.

Timur Kapadze jamoasi tarkibiga bir qator yangi o'yinchilar kelib qo'shildi. Jumladan, o'tgan mavsumning birinchi qismini Qozog'istonning "Qayrat" jamoasida, ikkinchi qismini esa Toshkentning "Lokomotiv" klubida o'tkazgan Jasur Jaloliddinov yangi mavsumni "Olimpik"da o'tkazadi. U ijara asosida Kapadze jamoasiga o'tdi. Uning transfer huquqi "temiryo'lchilar"ga tegishli.


Bundan tashqari, o'tgan mavsum "Ordabasi" bilan Qozog'iston Premer ligasida beshinchi o'rin va mamlakat kubogida g'oliblikni qo'lga kiritgan Odil Abdumajidov ham ijara asosida "Olimpik"da o'ynaydi. 21 yoshli markaziy himoyachining transfer huquqi "Metallurg" klubiga tegishli. U "Ordabasi"da ham ijaraga o'ynagandi.

Eslatib o'tamiz, Abdumajidov o'tgan mavsum Qozog'iston chempionatida 23ta uchrashuvda maydonga tushgan va 2ta gol urib, 3ta golli pas bergan. Kubokda esa 6ta bellashuvda o'ynagan.

Jasur ham, Odil ham "Olimpik" bilan birga mashg'ulotlarda ishtirok etishmoqda.

Suratlar muallifi: Tolibjon Qosimov

Odil Abdumajidov.


Tolibjon QosimovMaqola muallifi
Muqova: Championat.asia

Izohlar

Хакикатгуй
25 jan 2023
Хамма куч бу йил олимпикка. Ахир кейинги йил Париж кутвоти
UZB-Абу-Даби
25 jan 2023
Шу Жалолиддинов йўқ бўлиб кетмаса бўлган
Дилхушхужа
25 jan 2023
Abdumajidov juda yaxshi ósishni boshdan kechirayotgan edi. Olimpikda óyini tushib ketmay, faqat ósishini til about qolamiz. Juda sifatli himoyachi!
Дилхушхужа
25 jan 2023
Abdumajidov juda yaxshi ósishni boshdan kechirayotgan edi. Olimpikda óyini tushib ketmay, faqat ósishini tilab qolamiz. Juda sifatli himoyachi!
Kas1mov
25 jan 2023
Jaloliddinov 20 yoshda hozr bilmiman kamida 5 ta klubda oynadimikin yomon kop klub alishtradi e shu bola