Jarohat olgan Mitoma Yaponiyaning Osiyo Kubogi uchun yakuniy qaydnomasidan o'rin oldi. 26 kishilik to'liq ro'yxat

Tolibjon Qosimov
2 jan 2024
Osiyo qitasi terma jamoalari asta sekin Osiyo Kubogi uchun qaydnomasini elon qilmoqda.

Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi Xajime Moriyasu OK uchun 26 kishilik yakuniy ro'yxatni elon qildi. Yaponlarning "zayavkasi"dan yaqinda jarohat olgan "Brayton" vingeri Kaoru Mitoma ham o'rin oldi. Bundan tashqari, Angliya, Ispaniya va Franciya chempionatlarini qizdirayotgan qator o'yinchilar ham tarkibda. JCH-2022ga borgan Daichi Kamada ("Lacio") esa bu safar yakuniy qaydnomadan tushib qolgan. "Seltik"ning to'purar hujumchisi Kyogo Furuxashi esa xuddi JCHdagi kabi tarkibga kiritilmagan.

Yaponiya terma jamoasining Osiyo Kubogi uchun yakuniy qaydnomasi:

Darvozabonlar: 1.Daya Maekava ("Vissel Kobe"), 23.Zion Suzuki ("Sent-Truyden", Belgiya), 12.Taishi Brendon Nozava ("FK Tokio").

Himoyachilar: 3.Shogo Taniguchi ("Al Rayyan", Qatar), 4.Ko Itakura ("Borussiya M", Germaniya), 24.Cuyosi Vatanabe ("Gent", Belgiya), 19.Yuta Nakayama ("Xaddersfild Taun", Angliya), 15.Koki Machida ("Yunion SG", Belgiya), 16.Seiya Maikuma ("Serezo Osaka"), 22.Takexiro Tomiyasu ("Arsenal", Angliya), 21.Xiroki Ito ("Shtutgart", Germaniya), 2.Yukinari Sugavara ("AZ Alkmar", Niderlandiya).

Yarim himoyachi va hujumchilar: 6.Vataru Endo ("Liverpul", Angliya), 18.Takuma Asano ("Boxum", Germaniya), 5.Xidemasa Morita ("Sporting", Portugaliya), 25.Daizen Maeda ("Seltik", Shotlandiya), 10.Ricu Doan ("Frayburg", Germaniya), 13.Keito Nakamura, 14.Yunya Ito (ikkisi "Reyms", Franciya), 20.Takefusa Kubo ("Real Sosedad", Ispaniya), 8.Takumi Minamino ("Monako", Franciya), 7.Kaoru Mitoma ("Brayton", Angliya), 17.Reo Xatate ("Seltik", Shotlandiya), 9.Ayase Ueda ("Feyenoord", Niderlandiya), 26.Kaishu Sano ("Kashima Antlers"), 11.Mao Xosoya ("Kashiva Reysol").


Osiyo kubogi oldidan Yaponiya terma jamoasida jiddiy yo'qotish

Yaponiya terma jamoasi o'zining Osiyo Kubogidagi dastlabki o'yini boshlanishiga 6 soat vaqt qolgunga qadar yuqoridagi tarkibga o'zgartirish kirita oladi (kutilmagandagi ehtimoliy jarohat sabab).

O'z navbatida bosh murabbiy Xajime Moriyasu terma jamoa yulduzi Mitomaning jarohati borasida to'xtalib o'tdi: "Mitoma birinchi o'yinimizgacha tiklanib ulguradimi yoki yo'q, bilmayman. Lekin, uning tiklanish jarayoni yaxshi ketmoqda va men uning kutilganidan ertaroq safimizga qaytishini kutyapman".


Malumot uchun, Yaponiya terma jamoasi qita birinchiliklarida eng ko'p 4 marta chempion bo'lgan (1992, 2000, 2004 va 2011 yillarda). Faqatgina bir marotaba ular finalda mag'lub bo'lishgan. Hisob bo'yicha so'nggi bo'lib turgan Osiyo Kubogi-2019 (BAA mezbonlik qilgan) finalida "samuraylar"ni o'shanda ajoyib performans namoyish etgan Qatar termasi 3:1 hisobida enggan.

Eslatib o'tamiz, Osiyo Kubogi 2024 yilning 12 yanvaridan 10 fevraliga qadar Qatarda bo'lib o'tadi.


Tolibjon QosimovMaqola muallifi
Muqova: Championat.asia

Izohlar

Abror Kenjayevich
2 jan 2024
2002- yildan yopon futboli rivojlanib ketdi
Fan_BARCA
3 jan 2024
Bu tarkib bilan kamida finalga chiqadi bo'lmasa chempion Yaponlar
REAL MADRID
2 jan 2024
Yapon tilida yozilgan rõyxatni qõyishga balo bormi! Buyer Yaponiya emas, Õzbekiston!
Ота макон
2 jan 2024
Осиё учун жуда кучли таркиб.
MezzA
2 jan 2024
Yaponiya OKi shubxasiz favaridi. Bizanikla finalda oynasa inshaollox 2chi ornam biza uchun bir Bosh baland sakrash dgani