⚡️ JCH-2022. Bugungi 4 ta o'yinda faoliyat olib boradigan hakamlar. Ularning ichida Afrika Kubogi “qahramon”i ham bor

Eldor Akmurzayev
23 nov 2022
Bugun, 23 noyabr kuni Qatardagi mundialning ilk turidan o'rin olgan navbatdagi uchrashuvlar bo'lib o'tadi.

Ularda quyidagi hakamlar ishlaydi: 

Marokash – Xorvatiya

“Al Bayt” stadioni

Bosh hakam: Fernando Rapalini (La-Plata, Argentina);

Assistentlar: Xuan Pablo Belatti (Saladilo, Argentina), Diego Bonfa (Argentina);

Zaxira hakami: Kevin Ortega (Kalyao, Peru).


Germaniya – Yaponiya

18:00, “Xalifa Interneyshnl” stadioni

Bosh hakam: Ivan Barton (Santa-Ana, Salvador);

Assistentlar: David Moran Santos (Salvador), Zaxari Zegelar (Surinam);

Zaxira hakami: Said Martines (Tokoa, Gonduras).


Ispaniya – Kosta-Rika

21:00, “Al Tumama” stadioni

Bosh hakam: Muhammad Abdulla Hasan Muhammad (Dubay, BAA);

Assistentlar: Muhammad Ahmad Yusuf Al Hammadi (BAA), Hasan Muhammad Hasan Ab Sukatari Al Maxri (BAA);

Zaxira hakami: Ma Nin (Fusin, Xitoy).


Belgiya – Kanada

23:59, “Ahmad bin Ali” nomidagi stadion

Bosh hakam: Janni Sikazve (Kapiri-Mposhi, Zambiya);

Assistentlar: Jerson dush Santush (Angola), Arseniu Marengula (Mozambik);

Zaxira hakami: Yosimi Yamasita (Tokio, Yaponiya)

*Janni Sikazve o'tgan Afrika Kubogidagi “qovun”lari bilan ko'pchilikning yodida qolgandi. Bugungi o'yinda u uchrashuvga ko'p vaqt qo'shib bermasa kerak)


Eldor AkmurzayevMaqola muallifi
Muqova: Championat.asia

Izohlar

Хакикатгуй
23 nov 2022
Хакам шу харакатига Жахон Чемпионатига олинган булса уша учрашувда тепадан буйрук булган. Тепада одами борки хакамлик килвоти.
Axatxon
23 nov 2022
Bunga Babayanni aloqasi bormikana