Kazemironing jarohati jiddiy ekanligi tasdiqlandi

Mirjalol Normatov
15 oct 2023
Jahon chempionati saralashi doirasida Venesuelaga qarshi o'yinda Braziliya termasi futbolchisi Kazemiro jarohat oldi.

Braziliyalik futbolchi uchrashuvning boshida to'pig'iga zarba qabul qilib olgan, biroq u o'yinni davom ettirgan. Bu qaror esa noto'g'ri bo'lib chiqqan. Og'riqqa qaramay futbolchi maydonda qolishni istagan, ammo murabbiylar uni 79-daqiqada almashtirishgan.

"Globo Esporte" xabariga ko'ra, Kazemironing to'pig'ida katta shish bor, shu sababli u Urugvayga qarshi o'yinga tayyorlanish o'rniga, fizioterapevt kurslarini o'tagan.

Bugun futbolchi tibbiy ko'rikdan o'tadi va uning qancha muddatga safdan chiqqani aytiladi. Katta ehtimol bilan u jamoasi ixtiyoriga qaytib ketadi.


Mirjalol NormatovMaqola muallifi
Muqova: Globo Esporte

Izohlar