Kibersportchilar qancha maosh oladi?

Aslanov Jasurbek
25 sep 2018
Bugungi kunda kibersport turnirlari bilan hech kimni hayron qoldirib bo'lmaydi.

To'g'ri, bizda bunday musobaqalarni kamdan-kam holatlarda kuzatish mumkin. Biroq kibersportga jiddiy etibor qaratayotgan mamlakatlarda turnir o'tadigan arena yoki stadionga 10-15 ming muxlis kelishi odatiy xol. Janubiy Koreyadagi kibersport musobaqalarining biriga 80 ming kishi tashrif buyurgan.

Tushunganingizdek, kibersport sanoatga aylanganiga ancha bo'ldi. Har qanday sanoat esa daromad olib keladi. Bugun ushbu kibersport turnirlarida qatnashadigan mashhur jamoalarning vakillari qancha daromad topishini hisoblab chiqamiz.

Kibersportchining daromad bir nechta manbaga bo'lishi mumkin:

Maosh, turnir mukofot puli, reklama shartnomalari.


MAOSH

MDH va boshqa mamlakat kibersportchilari orasidagi maoshlar deyarli farq qilmaydi. MDH davlatlarida kibersportga kirib kelganlar chet el klublarida o'ynashmoqda, Evropa va Amerika qitasidagilar esa MDH jamoalarida. Futboldan farqli o'laroq Rossiya kibersportda katta obro'ga ega mamlakatlardan biri hisoblanadi.

Biror onlayn turnirda o'zingizni ko'rsatmaguningizcha sizni biror klubga olishlari qiyin. Agar yirik klub etiboriga tushib qolsangiz, yaxshigina maoshga umid qilishingiz mumkin. Maosh bo'yicha rasmiy malumot yo'q. Xuddi futbol kabi. Ammo klub menejerlari, kibersportchilar intervyularda bunga shama qilishni yaxshi ko'rishadi.

Dota 2 bo'yicha o'rta professional kibersportchi oyiga 1-5 ming dollar topishi mumkin. Ha, o'yin juda mashhur, biroq maosh juda kam deyishingiz mumkin, ammo shoshmang, bu daromadingizning o'ndan bir yoki yuzdan bir bo'lagi bo'lishi mumkin, albatta harakatingizga qarab. Kibersportchilarning eng katta daromadi turnirlardan bo'ladi.


TURNIRLAR

Avgust oyining o'rtalarida Dota 2 bo'yicha norasmiy jahon chempionati - The International 2018 musobaqasi bo'lib o'tdi. Ushbu turnirning sovrin jamg'armasi 25,5 mln dollarni tashkil qiladi. The International 2018 g'olibiga aylangan Evropaning OG klubi uyiga 11 mln dollar bilan qaytdi. Bu pullarning qanchasi o'yinchilarga tegadi? Siz o'ylaganingizdan ko'prog'i.

Rossiyaning Virtus.Pro menejeri Roman Dvoryankin so'zlariga ko'ra, dunyodagi ko'plab kibersport klublari turnirlarda qo'lga kiritilgan mukofot pulining 80-90% o'yinchilar o'rtasida bo'lib beriladi. Demak, OG jamoasi (6 kishi) The International 2018dagi mukofot pulining deyarli 10 mln dollarini bo'lishib olishgan.


HAMKORLIK

Kibersportchining yana bir daromad manbai hamkorlik. O'yinchilar reklama shartnomalari evaziga yaxshigina pul topishlari mumkin. Masalan, reklama beruvchi 4-5 ming kishi tomosha qiladigan translyaciyangizga o'z kompaniyasi logosini qo'yishni xohlaydi. Strim (translyaciya)ni tomosha qiladiganlar soni qancha ko'p bo'lsa, daromadingiz ham shuncha oshadi.


MDHdagi kibersportchilar qancha maosh oladi?

Virtus.Pro

Ushbu jamoa vakillarining o'rtacha oylik maoshi 8 ming dollar. Bu 2017 yildagi malumot. Klub joriy yil daromad va xarajat o'rtasidagi muvozanatni tiklashga umid qilmoqda.


Na'Vi

Ushbu jamoada hamyurtimiz Akbar Bo'taev "SoNNeikO" o'ynashini yaxshi bilsangiz kerak. Kibersportchimiz sentyabr boshida Natus Vincere (Na'Vi) bilan shartnoma imzoladi. Malumotlarga ko'ra, ushbu jamoa vakillarining oylik maoshi 5-6 ming dollar. Biroq klubning CS:GO o'yinchilari Dota 2 ustalaridan ko'proq pul olar ekan.


Boshqa mamlakatdagi jamoa vakillari maoshi

Evil Geniuses

Toshkentda tug'ilgan Atrur Babaev "rtz" (Arteezy) AQSHning eng mashhur kibersport klubi - Evil Geniuses jamoasida (Dota 2) sharafini himoya qiladi. 2016 yilda ushbu jamoaning xitoylik vakili Chuan bir yilda 720 ming dollar ishlab topganini malum qilgan edi.


Aslanov JasurbekMaqola muallifi
Muqova: peka2.tv

Izohlar

Dilmurod
25 sep 2018
biza xaliyam pul to'lab yurimmiz PS o'ynaganimizga :-)
_SpeciaL_
25 sep 2018
v dotu 1 ICCup toje est silnix uzbeki oni ne daet TOP
ЖАХЛИНГ чиқганда АҚЛИНГ кетмасин
25 sep 2018
Шу Дота 2 ни онлайн биз хам ўйнемиз лекин Россияликлар ўта илгрилаб кетган
v7_
25 sep 2018
xa Dota 2 turnirlari kuchayib sovrin jamg'armalari oshib ketdi Uzbekistonda ham kuchli igroklar kup Uzbekistonda ham Dota 2 jamoasini ochib Jaxon Chempionatlarida qatnashish mumkin bu ham bir Uzbekistonni reklamasi uchun ham Kibersport uchun ham foyda
v7_
25 sep 2018
Adminlar ham Dota 2 ga qiziqarkanda
v7_
25 sep 2018
utgan yili Dota2.uz serveri boridi yaxshi server pts systemada prosta online kam edi xozir yopildi uzimizni uzbekisotni serveri bulsa yaxshi bulardi yana qayta ochib odam tuplash kerak keyin Jamoaviy uyinlar va jamoa yigish osonlashadi