Klublar o'rtasidagi jahon chempionatining barcha qatnashchilari malum bo'ldi

Eldor Akmurzayev
24 nov 2019
Joriy yilning 11 dekabridan 22 dekabriga qadar Qatar poytaxti Doha shahrida hisob bo'yicha 16 klublar miqyosidagi jahon chempionati bo'lib o'tadi.

Ushbu musobaqada ishtirok etuvchi 6 qitaning barcha 7 jamoasining nomi malum bo'ldi. Demak, ular bilan tanishing:

“Al-Sadd” – mezbon va Qatar Yulduzlar Ligasi g'olibi;
“Liverpul” (Angliya) – Evropa Chempionlar Ligasi g'olibi;
“Flamengo” (Braziliya) – J.Amerika Libertadores Kubogi g'olibi;
“Monterrey” (Meksika) – KONKAKAF Chempionlar Ligasi g'olibi;
“Al-Hilol” (S.Arabistoni) – Osiyo Chempionlar Ligasi g'olibi;
“Esperans” (Tunis) – Afrika Chempionlar Ligasi g'olibi;
“Iengen Sport” (YA.Kaledoniya) – Okeaniya Chempionlar Ligasi g'olibi.

Ilk bosqich bahsi "Al-Sadd" hamda "Iengen" o'rtasida o'tkaziladi. Mazkur juftlik g'olibi keyingi raundda "Monterrey"ga qarshi to'qnash keladi.
Ushbu bosqichning ikkinchi o'yini esa “Al-Hilol” – "Esperens" o'rtasida o'tkaziladi va g'alaba qozongan jamoa yarim finalda “Flamengo” bilan uchrashadi.

"Liverpul" esa final ostonasida "Monterrey", "Iengen" yoki "Al-Sadd" klublaridan biriga duch keladi.

Malumot o'rnida, klublar o'rtasidagi JCHning amaldagi g'olibi va eng ko'p titul (4ta) egasi Madridning “Real” klubi hisoblanadi.


Eldor AkmurzayevMaqola muallifi
Muqova: Championat.asia

Izohlar

Muzaffar
25 nov 2019
Al Hilol finalga chiqishi mumkin
Нурилло
24 nov 2019
Ал хилол,Ал саадга Омад.Ливерпулга омадни кераги йу'к.Ливерпул билан арабларда мободо ракиб бу'либ колса стадиондаги кондиционер хам ишламай колсами.
Munchen13
24 nov 2019
Ал Хилол очл голиби. Бунёдкор навбахор уйин ди куриб шу гирром чимпионатни нима кереги бор деб колдим Араблар эрон Корея Катар хитой Япония Австралия олга жч . Бизикиларга Суперлига етарли
Spartak1982
24 nov 2019
ЛИВЕРПУЛ ФИНАЛДА АЛ-ХИЛОЛ БИЛАН УЧРАШИБ ЙИРИК ХИСОБДА ГОЛИБ ЧИКАДИ.
Muhammadxon Mamatov
24 nov 2019
Kaledoniyaga qoyil Nev zeland kamandalari gigimonligiga chek qo‘yibdi