Krishtianu Ronaldu yilning eng yuqori daromadli sportchisi deb topildi

Sherzod Nurmatov
13 feb 2025
"Sportico" nashri 2024 yilning eng ko'p pul topuvchi sportchilari reytingini elon qildi.

Tarixdagi eng ko'p pul topuvchi 10 nafar sportchi ro'yxatiga 5 nafar futbolchi kirdi. "Al Nassr" va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu, "Inter Mayami" va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi, "Santos" azosi Neymar, "Al Ittihod" markaziy hujumchisi Karim Benzema va "Real" vakili Kilian Mbappe.

1. Krishtianu Ronaldu - 260 mln dollar (futbol).

2. Stefen Karri - 154 mln (basketbol).

3. Tayson Fyuri - 147 mln (boks).

4. Lionel Messi - 135 mln (futbol).

5-6. Lebron Jeyms - 133 mln (basketbol).

5-6. Neymar - 133 mln (futbol).

7. Aleksandr Usik - 122 mln (boks).

8. Karim Benzema - 116 mln (futbol).

9. Kilian Mbappe - 110 mln (futbol).

10. Jon Ram - 106 mln (golf).


Sherzod NurmatovMaqola muallifi
Qopqoq: sportico.com

Izohlar

насрилло
13 feb
Хамма футболчилар хам даромад топиш ун туп тепишади!!! Демак Роналду тупни яхши тепарканда колганларга нисбатан!!! Койил!!!
Косонсойчи1991FCRM_04
13 feb
Кирол оз урнида
International
13 feb
Bu maosh emas umumiy daromad ya'ni reklama huquqlarini sotishdan tushadigan foydaniyam qo'shib hisoblaganda bo'lishi kere. Ronaldu Al Nassrda 100 mln euro, Messi Inter Miamida 35 mln euro maosh oladi.
L. YaMaL
13 feb
Tarixdagimi ili 2024 yildagimi ?
Sho‘rchidan
13 feb
Anu yerda falastinda bolalar och nahor. Arab shuncha pulni bir dumbulga beradi. Dumbul pulni cho‘ntagiga urib, hashamatli ro‘yhatlarga kiradi. Keyin zombilar yuradi Pendil akam musulmonlarga yordam qiladi deb.