Kurtuaning 50 yoshli sobiq qiz o'rtog'i: "U o'g'liga etarlicha etibor bermayapti"

Aslanov Jasurbek
11 mar 2025
Tibo Kurtuaning nikohsiz tug'ilgan farzandining onasi futbolchi etarlicha yordam bermayotganidan nolidi.

Versace sobiq dizayneri Elza Izak 2014 yilda Kurtua "Chelsi"ga o'tganida munosabatlar qurgan va qo'shni bo'lib yashashgan. Ularning Enco ismli farzandi uch yildan so'ng dunyoga kelgan.

Hozir 50 yoshli ayol uning 3 mln. funtli uyi olib qo'yilishidan qo'ryapti, chunki unda ipoteka bo'ycha 63 ming funt qarzi bor. Bundan tashqari uyning shifti tamir talab ahvolga kelgan.

Elzaning aytishicha, 2020 yilda Kurtuaga aliment to'lash majburiyati yuklatilgan. Ayni damda "Real" darvozaboni haftasiga 240 ming funt ishlab topadi.

Shu bilan birga belgiyalikning hozirgi xotinidan 11 yoshli qizi bor va yana ikki farzandi oldingi munosabatlaridan.

"Uyimiz to'kilib boryapti, bu erda yashashda davom etib bo'lmaydi. Bank uyimizni olib qo'yishidan qo'rqaman. Kutilmaganda ko'chada qolib ketishni xohlamayman.

Tibo farzandini bu sharoitda qoldirib, shaxsiy samolyotlarda uchishi va yaxtalarda dam olishini hazm qila olmayman.

U farzandiga etarlicha etibor bermayapti" - deydi Elza.


Aslanov JasurbekMaqola muallifi
Qopqoq: The Sun

Izohlar

Haqiqat-2
11 mar
Колганларга канака билмадиму муборак ойда ва умуман, бунака янгиликнинг сайтга куйилишини Ман ок,ламиман. Кайси админга Кизик экан Куртуанинг бу иши?!
barselona7
11 mar
50 ёшли қиз ўртоғи? Майли Европада бу оддий ҳолатдир. Тибо шахсий ҳаётида қандай яшаши унинг шахсий иши. Аммо фарзанд уники бўлса таъминлаши керак. Ҳарҳолда моддий имкониятлари етарли.
Davlatjon Ismoilov
11 mar
Kimga qiziq kurtuani hayoti Adminlar 1 Apreldan hamma narsalar oshadi buniyam yozilar Gaz Svet!!!
Barcelona Champion
11 mar
Блат 50 ёшлия )))) реални танлаганиданам билса болади на диди на види ёклигини бу жирафани ))))
Азаматбек N1
11 mar
Bu futbol saytimi yo g'iybatxonami? Bowqa mavzu topomayapsizlarmi? Nima qilsa o'zi uchun o'zini waxsiy hayoti gunoh savobiga o'zi javob beradi. Yig'iwtirlarin bunaqa mavzularni