Segundada birinchi o'rinni egallab turgan va La Liga yo'llanmasini amalda hal qilgan klub vakillari Kastiliya shahridagi maydonga yig'ilgan muxlislar bilan muvaffaqiyatli natijani nishonladi.
Bayramda turli tilaklar bilan birga qo'shiqlar aytildi. Qizig'i, klub bosh murabbiyi Paulo Peccolano mikrofonni qo'liga olib, "Peccolano, istefo!" deya hayqirgan. Albatta, bu davat quvnoq hazil ekanligini barcha tushunib turgandi.
Eslatib o'tamiz, braziliyalik afsonaviy futbolchi Ronaldo egalik qiladigan klub chempionat doirasidagi so'nggi o'yinini 2 iyun kuni "Tenerife"ga qarshi o'tkazadi.
Izohlar