Lautaro "Bavariya" bilan 2:1 haqida: "Javob o'yinida "Inter" xuddi shunday o'yin ko'rsatishi kerak"

Aslanov Jasurbek
9 apr 2025
Lautaro Martines Chempionlar ligasi 1/4 finalining 1-o'yinida "Bavariya" ustidan qozonilgan g'alabani (2:1) baholadi.

"Shanba kuni "Parma" bilan durang o'ynaganimizdan keyin juda ko'p muloqot qildik. Biz rivojlanishni xohlaymiz. Bugun g'alaba qozonish uchun o'sha muvaffaqiyatsizlik haqidagi o'ylarni ortda qoldirishimiz kerak edi. "Bavariya" har tomonlama ajoyib o'ynadi, lekin biz iroda ko'rsatdik. Ushbu buyuk stadionda, buyuk jamoaga qarshi o'yinda bizning yigitlar "Inter" ranglarini himoya qilishga loyiq ekanimizni isbotladi.

Javob o'yinida biz xuddi shunday yaxshi o'ynashimiz kerak. Birinchi taymda ularni to'pdan mahrum qila oldik va bu ularga qanchalik qiyin bo'lganini ko'rdik. Biz ham mahoratni, ham irodani namoyish etishimiz zarur", – dedi "Inter" hujumchisi.


Aslanov JasurbekMaqola muallifi
Qopqoq: UEFA

Izohlar

Dostonbek Anvаrоv
9 apr
Мессини шогирди
Men va sen
10 apr
Бу мавсум ЧЛсини ютгунча шундай ўйнаб турса зўр бўларди