"Lester"ning yangi sardori malum

Sherzod Nurmatov
12 aug 2021
"Tulkilar" etakchisi maqomiga Kasper Shmeyxel loyiq ko'rildi.

Daniyalik darvozabon Kasper Shmeyxel "Lester Siti" sardori etib tayinlandi. Bu haqda klub ustozi Brendan Rojers xabar berdi. Jamoaning vice-sardori Jonni Evans bo'ladi.

Eslatib o'tamiz, ushbu yozda 37 yoshli Ues Morgan faoliyatini tugatdi. U 2012 yildan beri "Lester" sardori hisoblanardi.

Shmeyxel oxirgi yillarda Morgan o'yinlarda qatnashmagan paytlarda jamoani maydonga boshlab tushayotgan edi.


Sherzod NurmatovMaqola muallifi
Muqova: lcfc.com

Izohlar