Liga 1. "Lans" mehmonda PSJga minimal hisobda mag'lub bo'ldi, Husanov 60-daqiqada qizil kartochka oldi

Aslanov Jasurbek
2 nov 2024
Franciya chempionati 10-tur doirasidagi PSJ - "Lans" o'yini bo'lib o'tdi.


"Lans"ning o'zbekistonlik himoyachisi Abduqodir Husanov o'yinni asosiy tarkibda va 60-daqiqada maydondan chetlatildi. Bosh hakam unga Ashraf Hakimiga nisbatan ishlatgan foli uchun VARni tomosha qilgandan so'ng qizil kartochka ko'rsatdi.


PSJ - "Lans" 1:0

Gol: 1:0 – 4 Dembele.

PSJ: Safonov, Mendesh, Pacho, Markinos, Xakimi, Fabian Ruis (Zair-Emeri, 71), Vitinya, Joau Nevesh, Barkolya, Asensio (Due, 71), Dembele (Li Kan In, 61).

"Lans": Samba, Husanov, Danzo, Gradi (Sarr, 63), Machado, Chaves, Diuf (David Koshta, 80), Tomasson (El Enaui, 63), Zaruri (Labo-Laskari, 80), Nzola, Sotoka (Ojediran, 20).

Ogohlantirish: Husanov (45+1), Still (45+4), Gradi (47), Markinos (57), Diuf (62), Danzo (86).

Chetlatish: Husanov (59).




Aslanov JasurbekMaqola muallifi
Qopqoq: championat.asia

Izohlar

Burhonbek Abdumo'minov
2 nov 2024
Bugun bir PSJ futbolchilariga master klass oʻtab bergin Abduqodir
Otabek Sidikov
2 nov 2024
Омад келиб ПСЖга Абдукодир гол урса Зур булар эди
Alisher Sharipov
2 nov 2024
Omad
Nod34 34
2 nov 2024
Яхши химоячидан гол эмас, мукаммал туп олиб куйишлар кутамиз
Barcelona Legenda
2 nov 2024
Абдукаодирни ПСЖ сотволади менимча.