Liga 1. "Lans" so'nggi daqiqalarda Evropa ligasidan quruq qoldi, PSJ esa qiyinchiliksiz g'alabaga erishdi

Alisher
20 may 2024
Liga 1ning so'nggi, aniqrog'i 34-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.

LIGA 1 TURNIR JADVALI


Mezbonlarning o'zbekistonlik himoyachisi Abduqodir Husanov o'yinni asosiy tarkibda boshladi va to'liq o'yin o'tkazdi.

"Lans" ishonchli hisobda oldinda bora turib, yakunda g'alabani qo'ldan chiqardi. "Lion" esa 90+6 daqiqada penaltidan kiritilgan gol evaziga g'alabaga erishdi va "Lans"dan o'tgan holda 6-o'rinni qayd etdi. Etiborlisi, "Lans" Evropa ligasi guruh bosqichiga yo'llanma beruvchi o'rindan mahrum bo'ldi. Endi jamoa Evropa konferenciyalar ligasi saralashida ishtirok etadi.


"Lans" - "Monpele" 2:2

Gollar: 1:0 – 4 Vai, 2:0 – 45+3 Machado, 2:1 – 58 Maamma, 2:2 – 74 Minkarelli.

"Lans": Leka, Agilyar, Gradi, Medina, Xusanov, Machado, Mendi, Fyuljeni, David Koshta, Sotoka, Vai.

"Monpele": Berto, Xefti, Jyulen, Sanyan, Omeragich, Minkarelli, Shotar, Fayyad, Kulibali, Adams, Maamma.

Ogohlantirish: Xazri (90+5).


"Mec" - PSJ 0:2

Gollar: 0:1 – 7 Soler, 0:2 – 12 Li Kan In.

"Mec": Ukija, Kolen, Erey, Sane, Yudol, Kamara, Ndoram, Jan-Jak, van den Kerkxof, Diallo, Mikautadze.

PSJ: Navas, Mukiele, Danilu Pereyra, Lukas Beraldo, Mendesh, Soler, Ugarte, Meyulyu, Li Kan In, Asensio, Gonsalu Ramush.

Ogohlantirish: Mendesh (44), Jan-Jak (79), Yudol (86).


"Lion" - "Strasburg" 2:1

Gollar: 1:0 – 39 Lyakazett, 1:1 – 63 Diarra, 2:1 – 90+6, penalti Lyakazett.

"Lion": Antoni Lopesh, Mata, Chaleta-Car, O'Brayen, Talyafiko, Sherki, Matich, Tolisso, Kakre, Lyakazett, Benraxma.

"Strasbur": Bellaarush, Senaya, Dukure, Silla, Gilber, Diarra, Andrey Santos, Delen, Sebas, Emega, Njingula.

Ogohlantirish: Vieyra (80), Lyakazett (90+7).


AlisherMaqola muallifi
Muqova: championat.asia

Izohlar

Fc Milan20
20 may 2024
Admin adashdiz, Yevropa ligasidan quruq qolib, Konferensiyalar ligasiga yo'l oldi. Lion o'ziga Yevropa ligasini kafolatladi. Endi Fransiya kubogi finalida PSJ ga yutqazsa ham Yevropa ligasida qatnashadi. Agar bugun Lans yutgan taqdirda PSJ ni yutishi kerak edi finalda
SHohjahonErgashev
19 may 2024
Xech narsani hal qilmaydigan o‘yinlar. Yutsayam yutqazsayam durang bo‘lsayam hammasi o‘z o‘rnida qoladigan vaziyatda ekan.
HY
20 may 2024
Ҳусановга омад! Бирорта гол урганда ҳам зўр бўларди
Барса1970
20 may 2024
Эли Вахи Ланс ўйинида хакамми таркибда йўқ ўйинчи гол урганми