Lionel Messining mavsum uchun rejasi malum

Khoja
3 mar 2024
“Inter Mayami” sardori Lionel Messi joriy mavsum MLSda g'alaba qozonishni maqsad qilganini malum qildi.

“Biz chempionlik uchun kurashga tayyormiz. Mavsum uzoq davom etadi. Bu endi boshlanishi, hozircha hammasi yaxshi ketmoqda. Ko'ramiz, mavsum oxirida nima bo'ladi. Biroq biz chempionlik uchun harakat qilib ko'ramiz”, - dedi Lionel Messi.

Eslatib o'tamiz, Messining jamoasi MLSning so'nggi uchrashuvida “Orlando Siti”ni 5:0 hisobida mag'lub etdi. Messi esa o'z hisobiga ikkita gol yozib qo'ydi.


KhojaMaqola muallifi
Muqova: championat.com

Izohlar

А.Т.У
3 mar 2024
Европада мавсум тугагач, Модрич ва Робертолар ҳам Маямига қўшилса керак.