"Liverpul" asosiy transfer maqsadini belgilab oldi

Sherzod Nurmatov
18 nov 2024
"Qizillar" kelayotgan qishda bor etiborini qaysi futbolchiga qaratishi malum bo'ldi.

"Anfield Watch" xabariga ko'ra, "Liverpul"ning asosiy transfer maqsadi – "Bornmut" chap qanot himoyachisi Milosh Kerkez.

21 yoshli vengriyalik futbolchi joriy mavsum Angliya Premer-ligasining 11 uchrashuvida maydonga tushib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Transfermarkt portali malumotlariga ko'ra, futbolchining narxi 20 mln evroni tashkil qiladi.

Eslatib o'tamiz, Kerkez Vengriya terma jamoasi safida 21 o'yin o'tkazib, 2 ta golli pas uzatdi. Himoyachi 19 yoshida jamoada debyut qilgan.


Sherzod NurmatovMaqola muallifi
Muqova: Anfield Watch

Izohlar

Abdunazar.
18 nov 2024
Xozirgi kunda eng charchagan tarkib liverpulniki bulsa kerak, oddiy jamoa
Bratello
18 nov 2024
Чапда Робертсон, Цимикас борку, Унг томонга керак-ку, Арнолд урнига