Mersisaydlar ustozi Yurgen Klopp "Nyukasl"ga qarshi o'yinda Kyortis Jons, Xarvi Elliott va Nataniel Fillipsga umid bog'lay olmaydi. Shuningdek, Divok Origi va Roberto Firminoning maydonga tushishi so'roq ostida.
“Nyukasl”ga kelsak, Pol Dammett va Federiko Fernandes bahsda qatnashmaydi.
Angliya chempionatining 17-turidan o'rin olgan “Liverpul” – “Nyukasl” uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da boshlanadi.
Izohlar