Maksim Shackix: "Abduqodir Husanovda futbolchiga kerakli intellekt va jismoniy kuch bor"

Sherzod Nurmatov
14 apr 2025
​"Paxtakor" prezidentining sport masalalari bo'yicha maslahatchisi Maksim Shackix sports24.kz saytiga bergan intervyusida Angliyaning "Manchester Siti" jamoasida o'ynayotgan o'zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov haqida fikrlarini bildirdi.

- Maksim Aleksandrovich, Xusanov haqida nima deysiz? "Manchester derbisi" va "Kristal Pelas"ga qarshi o'yinda Gvardiola o'zbekistonlik himoyachini maydonga tushirmadi. Sizningcha, Abduqodir "shaharliklar" boshlang'ich tarkibida o'ynay oladimi?

- Uning o'ynamagani hech narsani anglatmaydi. Abduqodir boshlang'ich tarkibda o'ynaydi. Husanov "Manchester Siti"ning kelajagi ekanligini avval ham aytganman, hozir ham aytyapman va bundan keyin ham aytaman. U albatta o'ynaydi! Kechirasiz-u, yigit hali 21 yoshda. U allaqachon "Manchester Siti" safida ishonchli o'yinlar ko'rsatib ulgurdi. Hozir ingliz klubida qayta shakllantirish jarayoni ketyapti va bu, menimcha, davom etadi. Hech kimga sir emas, hamma ko'rib turibdiki, hozirgi "Manchester Siti" o'zining oldingi darajasida emas. Shuning uchun jamoada qayta shakllantirish bo'ladi. Husanovni ham aynan shu jarayonga taklif qilishgan. Abduqodir juda yuqori mahoratga ega futbolchi. Shu bilan birga, yaxshi inson. Unda futbolchiga kerakli intellekt va jismoniy kuch bor. Evropa maydonlarida superklubda o'ynash uchun barcha sifatlarga ega. Uning avval o'ynab, keyin o'yinga qo'yilmagani oddiy rotaciya. Bu futbolda normal holat.

- Nima bo'lmasin, u APL grandida tajriba orttirmoqda!

- Husanov "Manchester Siti"ga kirishib ketdi, endi u erdan chiqmaydi. Uning faoliyati endi yaxshi bo'ladi. Hammasi o'ziga bog'liq. Abduqodir ruhan juda barqaror. Bazi himoyachilar yoki darvozabonlar xatolardan keyin o'zlarini yo'qotib qo'yishlari mumkin. Lekin bu Husanovga tegishli emas! U bu jihatdan mutlaqo xotirjam va tushunarsiz his-tuyg'ularga berilmaydi. Bu borada Husanovning fazilatlari juda yaxshi.

- Husanovni afsonaviy himoyachilardan biriga o'xshatsa bo'ladimi? Masalan, Puyol yoki Pikega?

- Puyolga o'xshamaydi. U emocional jihatdan biroz boshqacha futbolchi. Husanov madaniyatli, odobli va kam gapiradi. Ehtimol, vaqt o'tishi va yoshi ulg'ayishi bilan bu narsa unda paydo bo'lar. Abduqodir deyarli gapirmaydi, jim turib o'z ishini qiladi. 

- Ehtimol, Pepega o'xshar? Kurashchi!

- Ehtimol. Lekin Pepe ulg'ayganida, tezligi va jismoniy holati etarli bo'lmay qolganda, shunday bo'ldi. Shunda u buni biroz boshqacha usullar bilan qoplay boshladi. Keling, Husanov Husanovdek bo'lsin!


Sherzod NurmatovMaqola muallifi
Muqova: sports24.kz

Izohlar

Zaylobiddin Sultonov
14 apr
Абдукодир Хусанов олдигидек футболчи бщлиши учун Абдурахмон Фозиловни Оғзини боғлаш керак.
Жалоладдин Мухаммадович✈
14 apr
Максн узин қайта қўйиш керак яна мураббий қилиб. Абдуқодирга ишонамиз узин ўрнин топад
Maruf Maruf
14 apr
Ва атрофида хирапашшадек ёпишвоган гнидала бор...
Dostonbek Anvarov
14 apr
Ола Нортой, )))
BXZ BXZ
14 apr
Ихтибосни энг зу́рини айтибди Шацких Хусанов Хусановдек колсин гап йу́к точкасига урибди Макс .