"TEAMtalk" xabariga ko'ra, mankunianlar bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Rojersni tarkibga qo'shib olishga umid qilmoqda. Takidlanishicha, "Manchester Siti" 22 yoshli futbolchining transferi uchun juda katta taklif berishi kerak bo'ladi, chunki "Aston Villa" o'tgan yilning noyabr oyida u bilan shartnomani uzaytirgan.
Rojers ushbu mavsum barcha musobaqalarda 44 o'yinda ishtirok etib, 13 ta gol urdi va 11 ta golli uzatma berdi.
Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning yozigacha mo'ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan malumotlarga ko'ra, uning transfer qiymati 50 mln evroni tashkil etadi.
Izohlar