"Manchester Siti" muxlislari chipta siyosatiga qarshi norozilik namoyishi uyushtirmoqchi

Sherzod Nurmatov
31 mar 2025
"Shaharliklar"ning bir guruh muxlislari APL doirasidagi "Manchester Siti" va "Lester" o'rtasidagi o'yinga tashrif buyurganlardan dastlabki to'qqiz daqiqa o'z o'rnidan joy egallamaslikni so'radi.

Bu raqam tarqatish bilan shug'ullanadigan klub tashqi hamkorlari sonini bildiradi.

Muxlislar ushbu platformalarda sotilayotgan chiptalar narxi oshirilganidan norozi bo'lib, chiptalarni bu tarzda qayta sotish klubning haqiqiy muxlislarini o'yinlarga borish imkoniyatidan mahrum qilishini takidladi.

Avvalroq “Manchester Siti” Viagogo chipta agentligi bilan shartnoma imzolagani uchun tanqidlarga uchragan va uy muxlislari noroziliklariga sabab bo'lgandi.

Manbaga ko'ra, klub keyingi mavsum uchun chiptalar narxini elon qilishdan avval muxlislar kengashi bilan shoshilinch yig'ilish o'tkazishni rejalashtirgan. Uchrashuv 2 aprel kungi "Lester" bilan o'yinning ertasiga bo'lib o'tadi.


Sherzod NurmatovMaqola muallifi
Muqova: Daily Mail

Izohlar

Андижан
31 mar
Бизни ку́й халкимиз индамай чидаб юроради билет нархини хохлаганича ку́тариб олишса хам