"Manchester Siti" muxlislari uchun xushxabar

Omonjon To`xtamirzayev
18 feb 2025
Jamoa yarim himoyachisi Rodri o'zini yaxshi his qilayotganini malum qildi

"Manchester Siti" xavbeki Rodri o'ng oyoq tizzasi xochsimon bo'g'imi uzilishidan tiklanish jarayoni qanday ketayotgani haqida gapirdi.

"O'zimni juda yaxshi his qilyapman. Ruhiy tomondan ham hech qanday zo'riqish yo'q. Tizzamda og'riq yoki boshqa bir muammoni sezmayapman. Hozir asosiysi muskullar to'liq tiklanib, kuchga kirishi. Siz o'ylayotgan narsalaringizdan tashqari, tanangiz his qilayotgan narsalar ham bor. Ular yana bir butun bo'lishi zarur. Umuman olganda o'zimni yaxshi his qilyapman.

Bunday vaqtlarda pozitiv ruhiyatni saqlab qolishga urinaman va odatiy xayot tarzimni davom ettirishga urinaman. Oilam bilan ko'proq birga bo'lyapman va tezroq safga qaytish uchun mashq qilyapman. O'ylashimcha, mavsumning hal qiluvchi pallasiga maydonga qayta olaman", - dedi Rodri.


Omonjon To`xtamirzayevMaqola muallifi
Qopqoq: mancity.com

Izohlar

No Name
18 feb
Abduqodir muxlislar disayam bo'loradi M Sity diyish shart emas
No Name
18 feb
Koment o'qiyatgan bo'sez bita xezalak bor 50 ta bir xil narsa yozib o'ziga 20 ta plus bosib xamaga minus bosib chiqadi Sayt xotnsfat
=JAGUAR=
18 feb
Kammentlarni xam o'qib bo'lmay qoldi, bari detskiy fikrlar nazar solishga arzimaydigan
ANTI KUPER
18 feb
Malades
{ CHELSEA }
18 feb
Fikrlarni oʻqib achinasan kishi...