"Manchester Siti" sobiq hujumchisi faoliyatini yakunladi

Sherzod Nurmatov
7 mar 2025
Hujumchi Alvaro Negredo faoliyatini tugatganini elon qildi.

Ispaniyalik futbolchi 39 yoshida butsalarini mixga ilish qaroriga keldi.

Negredo "Sevilya", "Manchester Siti", "Valensiya", "Beshiktosh", "Kadis", "Almeriya" va "Midlsbro" klublarida to'p tepgan. Forvard faoliyatidagi so'nggi klub “Valyadolid” bo'ldi.

U 2013/14 yilgi mavsum "Manchester Siti" tarkibida Angliya chempioni bo'lgan va Liga Kubogini qo'lga kiritgan. Ispaniya terma jamoasi safida esa 21 o'yin o'tkazib, 10 ta gol urgan va 2012 yilgi Evropa chempioniga aylangan.


Sherzod NurmatovMaqola muallifi
Qopqoq: Manchester City News

Izohlar

F. Xudoyberdiyev
7 mar
Кейинги ишларига омад ёр бўлсин!
Барса1970
7 mar
Валенсия ҳужумчиси деб ёзса бўлмайдими нега айнан Манчестер Сити
Барса1970
7 mar
Валенсия ҳужумчиси деб ёзса бўлмайдими нега айнан Манчестер Сити қанча жамоаларда ўйнаган экан