"Manchester Siti" yangi futbolchi jamoa safiga kelib qo'shilganini elon qildi

Omonjon To`xtamirzayev
27 feb 2025
Klub 19 yoshli yarim himoyachi klub ixtiyoriga kelib qo'shilganini malum qildi.

Yarim himoyachi Klaudio Echeverri Janubiy Amerika U-20 chempionatidan so'ng "Manchester Siti" tarkibiga kelib qo'shildi.

19 yoshli xavbek musobaqaning ikkinchi eng yaxshi to'purari nomiga sazovor bo'ldi. U 9 o'yinda 6 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Argentina terma jamoasi esa kumush medalga ega chiqdi.

Futbolchi "shaharliklar" bilan 2024 yilning yanvar oyida shartnoma imzolagan, lekin ijara huquqi asosida "River Pleyt"da qolgandi.


Omonjon To`xtamirzayevMaqola muallifi
Qopqoq: mancity.com

Izohlar

Erling Xoland
27 feb
Echeverri qaytganing rost boʻlsin-ey...
Manchester City Championes
27 feb
Яхши хабар кутайотгандим. Омад тилейман.